PARI

PARISharq xalqlari folklorlarida keng tarkalgan mifologik obraz; maʼshuqa timsolining ideallashgan shakli; goʻzallik ramzi. Dastlab «Avesto»da payrika shaklida uchraydi. Rivoyatlarga koʻra, Parilar Koʻhi Qof togʻi yaqinidagi Eram bogʻida yashaganlar, oʻz shohi va saltanatiga ega boʻlishgan, ularni gʻayritabiiy kuchlar — devlar qoʻriqlagan. Ertaklarda Pari nihoyatda goʻzal, aqlli, donishmand, latofat va nazokat egasi sifatida taʼriflangan. U sehrli xususiyatlarga ega boʻlib, oʻrni kelganda turli qiyofaga kira ola-di, oʻzining adolatli harakati, toʻgʻri va aniq maslahatlari bilan qahramon gʻalabasiga imkon yaratadi («Oypari», «Guliqahqahpari», «Xurshid bilan Laylo», «Odilbek bilan Xurram» kabi). «Goʻroʻgʻli» turkumi dostonlarida Pari va-fodor ayol, doʻst, maslahatgoʻy, aqlu farosatda, jasoratda va obroʻda koʻpincha erkaklardan ham qolishmaydigan, ular bilan birga jangga kirib, qahramonlik koʻrsata oladigan obraz sifatida tasvirlangan. Folklor asarlarida Parilar xayoti orkali inson turmushining ideal manzaralari aks etgan. Pari obrazi mumtoz adabiyotda xam koʻp uchraydi (mas, Alisher Navoiy gʻazallarida).

Ad.: Afzalov M. I., Uzbek xalk, ertaklari haqida, T., 1964; Razzoqov H. va b., Uzbek xalq ogʻzaki poetik ijodi. T., 1980.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x