PARFYANLAR

PARFYANLAR, parfiyaliklar — elat, mil. av. 1-ming yillik va milodning boshlarida Kaspiy dengizining jan.-sharqida, hoz. Jan. Turkmaniston va Xurosonda yashaganlar (qad. Partava — Parfiya viloyati). Parfyanlar eroniy tillardan birida soʻzlashgan, asosan, dehqonchilik bilan shugʻullangan. Parfiyadagi irrigatsiya inshootlari mil. av. 1-ming yillik boshlaridayoq maʼlum boʻlgan. Parfyanlar Midiya podsholigi tarkibiga kirgan (q. Midiya), soʻngra esa (Kir II davrida) — Axomaniylar davlati qoʻl ostida boʻlgan, ularga soliqlar toʻlab, jangchilar (otliq kamonchilar) yetka-zib berishgan. Doro I davrida Parfiya va qoʻshni Girkaniyada qoʻzgʻolon koʻtarilib, u axomaniylar qoʻshini tomo-nidan qiyinchilik bilan bostirilgan (521-y. 8 mart va 12-iyuldagi janglar). Mil. av. 4-a. ning 20-y. larida Parfyanlar Aleksandr tomonidan tobe etilgan, soʻngra (mil. av. 281-y. dan) Salavkiylar davlati tarkibiga kirgan. Mil. av. taxm. 250-y. da mustaqil Parfiya podsholigi bar-po etilgan, uning asosiy oʻzagini Parfyanlar yashagan hudud tashkil qilgan. Parfyanlarning asosiy dini — zardushtiylik; Mitra va Nanayya (Anaxita) kultlari ham keng tarqalgan. Parfyanlar yozuvi oromiy alif-bosi asosida vujudga kelgan. Parfyanlar dunyo-viy adabiyet obidalaridan ozginasigi – na forscha qayta ishlangan shakdda saqlanib qolgan. Parfiya tili mil. 3—4-a. larda sosoniylar davrida ham muomalada boʻlgan; taxm. 6-a. da u fors tili tomonidan siqib chiqarilgan. Qad. Parfyanlarning avlodlari turkman xalqi va Sharqiy Eron (Xuroson)dagi fors xa-lqi etnogenezida qatnashganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x