PARDA TURSUN

PARDA TURSUN (taxallusi; asl ism-sharifi Tursunov Parda) (1909.7.11, Namangan viloyati Pop tumani Chor-kesar qishlogʻi — 1957.28.9, Toshkent) — yozuvchi. Almaiy nomidagi oʻlka uzbek namuna ishmaktabi (1923—27), Toshkent pedagogika bilim yur-tida (1927—28) oʻqigan. «Batrak» gaz. da masʼul kotib (1930—31), «Kizil Oʻzbekiston» gaz. da adabiy xodim (1931—34; 1939—40). 1935—36 y. larda Oʻrta Osiyo plan-iqtisod in-tida birmuncha muddat taqsil koʻrgach, Oʻzbekiston Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi kotibi (1937—38), Oʻzbekiston Telegraf agentligi (1940—45)da adabiy xodim va muharrir, partiya tarixi in-tida ilmiy xodim (1948—50).

Parda Tursunning adabiy faoliyati 1929—30 y. larda kichikkichik hikoyalar yozish bilan boshlangan («Alvasti», 1929; «Zoʻrlik», 1932 va b. toʻplamlar). Parda Tursunning bu hikoyalaridan keyinchalik uning «Haq yoʻl» (1947) avtobiografik qissasi «oʻsib chiqqan». P. T. 1940-y. da yozilgan bu qissasi ustida uzoq vaqt ishlab, uni 1947-y. da nashr etadi. Keyinchalik mazkur qissaga sayqal berish, unda belgilangan qaxramonlar hayoti va jamoalashtirish davri manzaralarini tasvirlashda davom etib, dastlab «Oʻqituvchining yoʻli» (1949), keyin esa «Oʻqituvchi» romanini (1951) yozadi. Toshkent va Namangandagi bir necha maktab va koʻchalarga Parda Tursun nomi berilgan.

Ac: Oʻqituvchi |Roman], T., 1972.

Ad.: Ikromov O., Parda Tursun. Adabiy portret, T., 1968; Uzbek adabiyoti tarixi, 3-j., T., 1972.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x