PARDA HOSIL QILUVCHI MODDALAR

PARDA HOSIL QILUVCHI MODDALAR — biror sirtga surilganda qisqa vaqt ichida yupqa parda qatlam hosil qiladigan sintetik yoki tabiiy moddalar (odatda, polimerlar yoki oligomerlar). Bu pardalarning muhim xossasi shundaki, ular sirtga adgeziyalanadi (yopishib turadi), qattiq, elastik, nam oʻtkazmaydigan tashki muhit taʼsiriga chidamli boʻladi. Parda hosil qiluvchi moddalar sirtga organik erituvchilarda eritilgan eritmalar holida, suv yoki plastifikatorlardagi dispersiya holida beriladi. Parda rangeiz (tarkibida pigment boʻlmasa) yoki sarikdan toʻq jigarranggacha boʻlishi mumkin. Parda hosil qiluvchi moddalar — lok-boʻyoq mate-riallari (alif, moy, lok, boʻyoq)ning asosidir. Parda hosil qiluvchi moddalar tabiiy (oʻsimlik va hayvon yelimi, zigʻir, tung va degidratlangan kanakunjut moyi, kanifolni qayta ishlash maxsulotlari) va sintetik (alkid, epoksid, fenolaldegid, poliefir va perxlorvinil smolalar) xillarga boʻlinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x