PARAZITOLOGIYA

PARAZITOLOGIYA (parazit va… logiya) — parazit organizmlar sistematikasi, morfologiyasi, biol. si va ekologiyasi, parazit va xoʻjayin oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni, odam, hayvon va oʻsimliklarda parazitlar qoʻzgʻatadigan kasalliklarni va ularga karshi kurash usullarini oʻrganadigan biol. fanlari kompleksi. Parazitologiya parazitning tuzilishi, hayot kechirishi, parazit yashashga moslashishi, rivojlanishi va geografik tarqalishini oʻrganadi.

Parazitologiya muammolari biol. ning umumiy muammolari bilan uygʻunlashib ketgan. Jumladan, parazitlarning morfologik va fiziologik moslashish muammolarini oʻrganish «tur»ni nozologik jihatdan tushunish uchun asos boʻlib hisoblanadi. Amaliy jiqatdan Parazitologiya, pa-razitar kasalliklarga qarshi kurashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish orqali odam va hayvonlarning salomatligini saklashga hamda oʻsimliklarni himoya qilishga qaratilgan.

Hayvonot dunyosiga mansub parazitlar zooparazitlar, ular paydo qiladigan kasalliklar invazion kasalliklar; oʻsimliklarga mansub parazitlar fitoparazitlar, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar infeksion kasalliklar deyiladi. Binobarin, kasalliklarni infeksion va invazion deb tasniflash, kasallik qoʻzgʻatuvchisining hayvonot yoki oʻsimlik dunyosiga mansubligiga asoslangan. Hayvonot va oʻsimlik dunyosiga mansub parazitlarni lshkrobiologiya, epizzotologiya, mikologiya, fitopatologiya kabi fanlar oʻrganadi. Oʻsimliklar tarkibidan alohida guruh viruslar — vira ajratilgan. Xalq xoʻjaligidagi ahamiyatiga koʻra, Parazitologiya umumiy Parazitologiya, tibbiyot P. si, agronomiya P. si, veterinariya P. siga ajratiladi. Umumiy Parazitologiya shu fanning nazariy asoslari boʻlib, tirik organizmlarning oʻzaro munosa-batlarini, parazit organizmlar sis-tematikasi, parazitar kasalliklar pa-togenezi, davosi va oldini olish tad-birlarini oʻrganadi. Odamlarda kasallik paydo qiluvchi parazitlarni tibbiyot Parazitologiyasi, madaniy oʻsimliklarda parazitlik qiluvchi gelmintlar va boʻgʻimoyoklilarni agronomiya Parazitologiyasi oʻrga-nadi va ularga karshi kurash choralarini ishlab chiqadi. Q. x. hayvonlari parazitlari va ular keltirib chikaradigan kasalliklarni oʻrganadigan xamda qarshi kurash usullarini ishlab chikadigan fan veterinariya Parazitologiyasi deb ataladi. Veterinariya Parazitologiyasi, oʻz navbatida, parazit bir hujayralilarni oʻrganadigan protozoologiya, parazit chuvalchanglarni oʻrganadigan gelmintologiya, oʻrgimchaksimonlar va hasharotlarni oʻrganadigan araxnoentomologiya fanlariga ajratiladi.

Parazitologiya zoologiya bilan chambarchas bogʻliq. Parazitlar morfologiyasi va sistematikasini bilish invazion kasalliklarga diagnoz qoʻyish uchun zarur; ularning biol. si va ekologiyasini oʻrganish esa uygʻunlashgan kurash choralarini ishlab chiqishning asosi hisoblanadi. Parazitologiya epizootologiya va epidemiologiya, fiziologiya, biokimyo, farmakologiya, toksikologiya, immunologiya, patologik anatomiya va b. biol., tibbiyot, veterinariya, q. x. fanlari bilan ham bogʻlangan. Zamonaviy Parazitologiya biokimyo, immunologiya, elektron mikroskopiya, molekulyar biologiya va b. fanlarning tekshirish metodlaridan foydalanadi.

Parazit organizmlar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi. Olim «Tib krnunlari»da askarida, ostritsa va rishta kabi parazit chuvalchanglar paydo qiladigan kasalliklar va ularni davolash toʻgʻrisida anik, maʼlumotlar beradi.

Parazitologiya 19-a. ga kelib mustaqil fan sifa-tida shakllana boshladi. Bu mikroskopning takomillashuvi, koʻplab mikro-skopik parazitlarning kashf etilishi va parazitlarning hayot sikllari oʻrganilishi bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyoda parazitologiyaga oid maʼlumotlar 19-a. ning 2yarmida Turkiston oʻlkasi boʻylab sayoxat qilgan rus naturalist olimi A. P. Fedchenko asarlarida uchraydi. U Buxoro, Samarqand va Toshkentda boʻlib, har xil hayvonlarning parazit chuvalchanglarini yigʻadi. Yi-gʻilgan materiallarni Daniya va Germaniya mutaxassislari yordamida ishlash natijasida, ularning 24 turga mansub ekanligi aniklanadi. 20-a. boshlarida Oʻzbekistonda Parazitologiya sohasidatadqiqotlarning rivojlanishi rus olimlari K. I. Skryabin, Ye. N. Pavlovskiy, V. A. Dogel, N. V. Badanin, L. M. Isayev va b. ning nomi bilan bogʻliq.

Oʻzbekistonda Parazitologiya fani, yuqorida taʼkidlaganimizdek, 4 yoʻnalish boʻyicha щakllanib, nazariy va amaliy muammolarni xal etib kelmoqda:

1) umu-miy Parazitologiya ; 2) tibbiyot Parazitologiya si;

3) veterinariya Parazitologiya si;

4) agronomiya Parazitologiya si. Umumiy Parazitologiya boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar M. A. Sultonov, E. I. Gan, S. O. Osmanov, M. K. Qodirova, Q. S. Samadov, J.

A. Azimov, T. K. Qobilov, S. Dadayeva, O. Davronov va b. ning ishlari b-n boglik. Tibbiyot Parazitologiyasi soxasidagi tadqiqotlarning rivojlanishiga L. M. Isayev, B. M. Sodiqov, P. M. Lerner, V. R. Le-melev, N. A. Dehqonxoʻjayeva va b. hissa qoʻshgan. Veterinariya Parazitologiyasi sohasida N. V. Badanin, E. X. Ergashev, N. M. Matchanov, Sh. A. Azimov, R. X. Xaitov, B. S. Salimov, A. O. Oripov, A. Roʻzimuro-dov, M. Aminjonov, G. S. Poʻlatov va b. tadqiqot olib borishgan. Agronomiya Parazitologiyasi sohasidagi tadqiqotlarni 20-a. ning 30-y. larida Ye. S. Kiryanova boshlab bergan. Keyinchalik fitogel-mintologiya deb atala boshlagan bu fanning rivojlanishida A. T. Tulaganov va shogirdlarining xizmatlari katta boʻldi. O. Mavlonov, 3. Norbo-yev, Sh. Xurramov, O. 3. Usmonova, A. I. Zemlyanskaya, E. P. Azizova va b. fito-gelmintologlar olib borgan tadqiqotlar tufayli eng muhim q. x. ekinlari fitonematodalarining taksonomik tarkibi, biol. si, tarqalishi oʻrganil-di va ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqildi. Parazitologiya sohasidagi tadqi-qotlar Oʻzbekiston FA Zoologiya i. t. institutida, FAning Qoraqalpogʻiston filiali boʻlimlarida, Oʻzbekiston Veterinariya i. t. institutida, un-tlar, q. x. va tibbiyot in-tlari krshidagi ka-fedralarda olib boriladi.

Ad.: Qulmamatov A., Umurtk,asiz parazit hayvonlar, T., 1988.

Jaloliddin Azimov, Erkinjon Shakarboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x