PARATSETAMOLNING MEʼYORDAN SAL KOʻPI HAM XAVFLI

PARATSETAMOLNING MEʼYORDAN SAL KOʻPI HAM XAVFLI❗️

☣️ Hattoki o‘lim holatlariga olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni shifokorlar ham ilg‘amay qolishlari ehtimoli bor deyilmoqda.

🩸 Chunki qon tahlili ham inson organizmida keragidan ortiq paratsetamol borligini ko‘rsatmay qolishi mumkin.

🧰 Tadqiqotlar me‘yoridan sal ko‘proq lekin uzoq muddat paratsetamol qabul qilganlarning alomatlari birdaniga haddan tashqari ko‘p ichib yuborganlardan ham ko‘ra og‘irroq bo‘lishini ko‘rsatgan.

⚠️ Uzoq muddat mobaynida me‘yoridan sal ko‘proq paratsetamol ichganlarning jigar va miyalariga zarar yetkazilgan, ular buyrak dialeziga muhtoj bo‘lishgan va nafas olish muammolariga yo‘liqqanlar.

👨🏻‍⚕ Tadqiqotlarga rahbarlik qilgan Edinburg Universitetidan doktor Kenit Simpsonning aytishicha, uzoq muddat davomida me‘yoridan sal ortiq paratsetamolning ta‘siri yig‘ilib, o‘lim holatiga ham olib kelishi mumkin.

🧑🏻‍⚕ Mutaxassilarning soʻzlariga ko‘ra, paratsetamolning bu kabi ta‘siri haqida bemorlarga ko‘proq ma‘lumot berilishi kerak.

🔹 «Agarda tavsiya etilgan miqdorda paratsetamol ichgandan keyin ham og‘riq qolmasa, ko‘proq ichsam yaxshi bo‘larmikan, deb o‘ylagandan ko‘ra, shifokor bilan maslahatlashib og‘riq qoldirishning boshqa yo‘llarini qo‘llash, og‘riqni keltirib chiqarayotgan sabalarni aniqlash maqsadga muvofiqdir», deydi Britaniya Farmatsevtika Kengashidan professor Rojer Naggs.

🔸 «Ogoh bir ma‘noda aniq, keragidan ko‘p paratsetamol ichib og‘iriqni ko‘proq nazorat ostiga olaman deb o‘ylamang, sog‘lig‘ingizga katta zarar yetkazasiz», deydi professor Naggs.

🔖 Bundan tashqari shamollash va grippga qarshi dori-darmonlar tarkibida ham paratsetamol bor bo‘lishi mumkinligini nazardan qochirmaslik kerakligi maslahat berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x