Saqichni yutib yuborish qanchalik xavfli?

Saqichni yutib yuborish qanchalik xavfli?

✍️ Ahadjon Abduxalilov, sog‘lom hayot targ‘ibotchisi

🔻Saqichni yutib yuborish noto‘g‘ri holat. Ammo bir dona, kichik hajmli saqichni yutib yuborsangiz, saqich hazm bo‘lmasdan bir necha kun ichida tanani tabiiy ravishda tark etadi. Oshqozondagi kislota muhiti organizm uchun yaxshi himoya vazifasini bajaradi, kamdan-kam hollarda bu ichak tutilishiga olib kelishi mumkin.

🔷 Saqichni ovqatdan keyin, tarkibidagi xushbo‘y oziq moddalar parchalanguncha, 7-10 daqiqa davomida chaynash foydali. Bolalarga saqichni yutib yuborish noto‘g‘ri ish ekanligini idrok qila oladigan 6-7 yoshgacha saqich bermagan ma’qul, chunki kichik yoshdagi bolalarda saqich allergik reaksiyalar keltirib chiqarishi va tomoq, nafas yo‘llariga tiqilib qolishi mumkin.

❗️Agar saqich yutib yuborilgandan so‘ng noxushliklar yuzaga kelsa, ko‘p miqdorda toza suv ichish va sun’iy qusish bilan oshqozonni yuvishga harakat qilish, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x