PARANA

PARANA — Braziliyaning jan. qismidagi shtat. Mayd. 199,7 ming km2. Axrlisi 9,5 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kuritiba sh. Yirik shaharlari — Paranagua, Ponta-Grosa, Londri-na. Hududining katta qismi pastroq platodan (bal. 400—900 m) iborat, uning sharqiy qismini Serradu— Map tizmalari (eng baland joyi 1889 m) egallagan. Ikdimi tropik, oʻrtacha oylik t-ralar 14—19° dan 20-25°gacha. Yillik yogʻin 1500—2000 mm.

Iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — q. x. Shim. va shim.-gʻarbida kofe plantatsiyalari mavjud. Shuningdek, paxta, shakarqamish ekiladi, apelsin, ananas yetishtiriladi. Shtat jan. da kartoshka, makkajoʻxori, bugʻdoy, arpa ekiladi. Chorvachilik rivojlangan: qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. Parana — muhim oʻrmonchilik r-ni: yogʻoch va sellyulozaqogʻoz sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat, toʻqimachilik korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi, rangli metall (oltin, kumush, qoʻrgʻoshin) eritiladi. Foydali qazilmalardan qoʻrgʻoshin, temir ruda-si, toshkoʻmir qazib olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x