PARAFIN BILAN DAVOLASH

PARAFIN BILAN DAVOLASH, — parafindan davo maqsadida foydalanish; asosan, applikatsiya, bogʻlov, vanna yoki maska holida qoʻllanadi.

Parafin bilan davolash bilan d. ning eng koʻp tarqalgan usullari: qizdirilgan parafin kleyonka toʻshalgan kyuvetaga quyiladi, u 52—55° gacha sovigach, kyuvetadan olib, gavdaning ogʻriyotgan qismiga qoʻyiladi, kleyonka yopib, ustidan adyol yoki koʻrpa bilan oʻraladi; shu qolatda 20 — 30 min. turadi; parafin olingach, bemor issiq adyolga oʻralib, 30—40 min. dam oladi. Davo kursi 10— 25-marta, kunda yoki kunora qoʻyiladi. Parafin ogʻriq qoldirish va soʻrib olish xossasiga ega, moddalar almashinuvi, qon aylanishi, toʻqimalar oziqlanishini kuchaytiradi, chandiqlanishga yoʻl qoʻymaydi. Boʻgʻimlar, pay qini, boylam va muskullarning oʻtkir va su-runkali kasalliklarida; shikastlarda, nerv sistemasining ogʻriq bilan kechadigan kasalliklari (radikulit, ishias, nevrit, nevralgiya)sl, trofik yara, ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari (yara kasalligi, kolit, ga-strit)da; erkak va ayollar jinsiy aʼzolari yalligʻlanganda; quloq, burun, tomoq kasalliklari; ayrim teri kasalliklari (quruq ekzema, qizil temiratki)da, shuningdek, kosmeti-kada turli nuqsonlarni (ajin, chandik, va b.) yoʻqotish uchun ishlatiladi. Parafin bilan davolash bilan d. faqat vrach tavsiya etgandagi-na qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x