PANSOD MASJIDI

PANSOD MASJIDI — Shahrixondagi meʼmoriy yodgorlik (20-a. boshlari). Masjid tarhi toʻgʻri toʻrtburchakli (31×12 m). 4 ustunli xonaqoh, jan. dan taqab qurilgan uzun ayvondan iborat. Xonaqoh devoriga choʻqqisimon ravoqlar ishlangan, shiftini salobatli shakldor yogʻoch ustunlar koʻtarib tura-di, tanasiga oʻyma naqshli gullar ishlangan, kallagi muqarnasli. Sharafaning yogʻoch chizigʻi pogʻonali. Toʻsiqlar balandroq oʻrnatilgan. Pansod masjidi sirti loy-suvokdi, ichi ganch suvoqli, izorasi toʻgʻri burchakli bezaklar b-n, devorining yuqori qismi toʻq yashil parcha gulli araqi sarrovlar bilan oʻralgan. Qurʼondan suralar bitilgan, koʻk va yashil rangda girih naqshlar ishlangan. Shiftdagi yashil zaminda odmi rangdagi yulduzsimon turunjlar koʻzga tashlanadi. Toʻsinlarning jimjimador hoshiyalariga islimiy naqshlar ishlangan. Pansod masjidini mahalliy ustalar qurgan, bezagini qoʻqonlik ustalar bajargan. Pansod masjidi oʻzining noyob bezaklari bilan diqqatga sa-zovor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x