PANNA OLMOS RAYONI

PANNA OLMOS RAYONI — Hindistonning Madhya-Pradesh shtatidagi qimmatbaho toshlar konlari joylashgan mintaqa. Umumiy mayd. 1700 km2. Tub jinslarda joylashgan mashhur Majga-on va bir nechta sochma olmos konlari bor. Majgaon kimberlit konining mayd. 500×350 m boʻlib, 270 m chuqurlikgacha zaxiralari 4,5 mln. karat mikdorida ba-holangan; bu konda mil. av. davrlarda ham olmos qazib olinganligi maʼlum, hoz. vaqtda yiliga 12 ming karat atro-fida olmos qazib olinadi (oʻrtacha 100 t kimberlit jinslaridan 10,7 karat olmos olinadi). Bundan tashqari, Panna olmos rayonida turli kimmatbaxr va zebu ziynat buyumlari yasashda ishlatiladigan toshlar (zumrad, akvamarin, sapfir, yoqut, oytosh, ametist, safsar, granat, aqiq) sochma konlardan olinadi. Aqiqning yirik sochma konlari Gujarot, Maqarashtra va Bihar shtatlarida joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x