PANJGOH

PANJGOH (fors. — besh parda, besh pogʻona) — 1) Oʻrta asr Oʻn ikki makom tizimida muayyan shoʻba nomi;

2) Shashmaqom tarkibidagi Rost maqomi mushkilot boʻlimida «Muhammasi Panjgoh» nomi bilan yetib kelgan cholgʻu qism. Uning oʻziga xos ijod yoʻllaridan biri Ros!i P. deb ataladi;

3) Xorazm maqomlarining biri. Turkumda soʻnggi oʻrin egallagan boʻlib, faqat cholgʻu qismlardan iborat. Parda tuzilishi hamda kuy mavzulari Rost maqomiga tutash boʻlgani sababli Panjgoh mustaqil maqom darajasida tan olinmagan;

4) uygʻur oʻn ikki muqomlarshgm biri.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x