PALMITIN KISLOTA

PALMITIN KISLOTA, geksadekankislota. SN (SN2) |4SOON — bir asosli toʻyingan karbon kislota, rangsiz kristallar. Mol. m. 256,43; su-yuklanish t-rasi 62,9°, qaynash t-rasi 105°, suvda erimaydi, spirt, benzol, atsetonda 20° da oz, 60°da yaxshi eriydi. Tabiatda keng tarqalgan toʻyingan yogʻ kislota. Barcha tabiiy yogʻlarda trigli-serid holida uchraydi. Palma moyida 32—40%, soya moyida 6,5%, mol yogʻida 25%, choʻchqa yogʻida 30% P. k. boʻladi. Palmitin kislota spermatset, asalari muminnng asosiy tarkibiy qismidir. Palmitin kislota tirik orga-nizmda koferment A ishtirokida biosintezlanadi.

Palmitin kislota yogʻdan sovunlanish reaksiyasi asosida olingan kislotalar aralashmasini rektifikatsiyalab yoki qayta kris-tallash yoʻli bilan olinadi. Palmitin kislota yuvuvchi vositalar, surkov moylari va plasti-fishtorlar olishda, tuzlari boshka kislota tuzlari bilan birgalikda emulgator sifatida kosmetik preparatlar va xoʻjalik sovuni tayerlashda ishlatiladi. Baʼzi efirlari boʻyoq va sintetik detergent lar olishda, stearin kislota bilan birgalikda sham tayerlashda qoʻllanadi (yana q. Yogʻlar, Oʻsimlik moylari).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x