PALIGORSKIT

PALIGORSKIT (Uraldagi Paligorsk koni nomidan) , attapulgit, togʻ terisi, togʻ poʻkagi, togʻ yogʻochi — mortmorillonit guruhiga mansub mineral, magniyning suvli silikati. Monoklin yoki romb singoniyali. Kristallari strukturasi choʻziqlentali yoki qatqat. Rangi oq, baʼzan sargʻishkulrang. Qattiqligi 2—2,5, zichligi 2100—2300 kg/m3. Arid iqlimli joylarda, dengiz va shoʻr suvli havzalarda (koʻl va lagunalar), qisman nurash qobiqlarida magnezial silikatlar (mas, serpentin)dan qosil boʻladi. Paligorskitning qattiq va zich massasi qoplama va qatlamcha shaklida, tarqoq kristallari gil minerallari, mergel va oxaktoshlar orasida uchraydi. Paligorskit neftni qayta tozalash, qogʻoz sanoati, tibbiyotda, parmalash ishlari va qurilishda keng qoʻllanadi. Ukraina, Shim. Kavkazda, Oʻzbekistonda (Fargʻona, Surxondaryo viloyatlarida hamda Qizilqumda) Paligorskit konlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x