ASOSIY FONDLAR

ASOSIY FONDLAR, korxonalarning asosiy fondlari — i. ch. ga uzoqxizmat qiladigan, oʻz natural buyum shaklini uzoq vaqt oʻzgartir-magan holda i. ch. jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga i. ch. da bir yildan ortiq xizmat koʻrsatadigan mol-mulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar oʻrniga asosiy kapital tushunchasi qoʻllaniladi). Asosiy fondlar … Читать далее

ASMA

ASMA, Krim qora uzumi — xalq seleksiyasi yoʻli bilan yaratilgan oʻrta-pishar hoʻraki uzum navi. Kuban va Krimda oʻstiriladi. Tupi kuchli oʻsadi, bargi yirik, uch boʻlmali, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, dumaloq yoki choʻziq. Gʻujumi yirik, pillasimon, toʻq binafsha-qora. Poʻsti qalin , eti sershira, hosili faol harorat 3050 — 3300° da 160 — 175 … Читать далее

ASKARIY

ASKARIY — oʻrtapishar, mayizbop, urugʻsiz, xoʻraki uzum navi. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Asl vatani — Eron. Armaniston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonning ayrim viloyatlarida ekiladi. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Bargi yirik, choʻzinchoq, silliq, arra tishli, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha va yirik, shingillari tigʻizligi oʻrtacha. Gʻujumi urugʻsiz, oʻrtacha, och sariq. Poʻsti yupqa, … Читать далее

ASIMPTOTIK CHIZIQ

ASIMPTOTIK CHIZIQ — sirt ustidagi chiziq; uning normal egriligi nolga teng. Bu chiziqning har bir nuqtasidagi yopishma tekislik sirtning shu nuqtasidan oʻtuvchi urinma tekislik bilan ustma-ust tushadi. Sirtning har bir nuqtasidan oʻtuvchi Asimptotik chiziq ayni nuqtaga urinma tekislikdan eng kam chetlashish yoʻnalishida oʻtadi. Umuman bunday asimptotik yoʻnalishlar sirtning har bir nuqtasida ikkitadan (boshqaboshqa, ustma-ust tushadigan … Читать далее

ASBOB

ASBOB (arab. — sababning koʻpligi) — 1) biror ish bajarishda ishlatiladigan qurol. Chunonchi, pichoq, qaychi, qozon, tovoq, choʻmich, kapgir — uy-roʻzgʻor Asboblari, ustara, qayroq — sartaroshlik Asbob lari; arra, randa va b. — duradgorlik A. lari;

ASALSHIRALI OʻSIMLIKLAR

ASALSHIRALI OʻSIMLIKLAR, nektarli oʻsimliklar — asalari nektar va gulchangi yigʻib oladigan yopiq urugʻli oʻsimliklar, asalarilarning asosiy oziq bazasi. Nektarni gultoji yoki gulkosa barglar, tuguncha devori yoki gul oʻrnida joylashgan maxsus nektar bezlari ishlab chiqaradi. Ayrim oʻsimliklarda bunday bezlar barg bandi yoki gulyon barglarida, hatto poyada ham joylashgan. Nektar miqdori oʻsimlik turiga bogʻliq. Mac, bitta gul … Читать далее

ASALARI BITI

ASALARI BITI (Braula coeca) — toʻgarak chokli kaltamoʻylovlilar kenja sinfi braulidlar oilasiga mansub pashsha. Uz. 1,4 — 1,5 mm. Qanotlari boʻlmaydi. Asalari kommensali hisoblanadi. Asalarilar tanasida, asosan koʻkragi bilan qorni oraligʻida tishchali tirnoqlari yordamida yopishib olib yashaydi. Ishchi arilarning urgʻochilariga va yosh arilarga beradigan ozigi bilan oziqlanadi. Bitta ari tanasida 75 gacha Asalari biti boʻlishi … Читать далее

ARQISH

ARQISH (turkiycha) — 6 — 14-a. larda turkiy xalqlarda uzoq yurtlarga savdo-sotiq ishlari bilan qatnovchi tojirlar, ot-ulovlar, aravalar va ularni boshqaruvchi mutasaddi shaxslar guruhi, yaʼni karvon maʼnosini anglatuvchi istiloh. Arqish Kultegin bitiktoshida, Yusuf Xos Hojibning «Qutadgʻu bilik», Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida ishlatilgan, soʻnggi bor 14-a. obidasi Rabgʻuziyning «Qisasi Rabgʻuziy» asarida qayd etilgan. Hoz. … Читать далее

ARCHA

ARCHA (luniperus) — sarvdoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt va butalar turkumi. 70 ga yaqin turi bor. A. bir jinsli, bir yoki ikki uyli, shamol yordamida changlanuvchi, ignabargli oʻsimlik. Archaning erkaklik qubbasi sargʻish, 3 — 6 changdonli qipiqsimon changchilardan tashkil topgan. Urgʻochi qubbalari yashil boʻlib, qarama-qarshi yoki oldinma-keyin oʻrnashgan urugʻchibarg va urugʻkurtaklardan iborat. Qubbalari yumaloq … Читать далее