ASIMPTOTIK CHIZIQ

ASIMPTOTIK CHIZIQsirt ustidagi chiziq; uning normal egriligi nolga teng. Bu chiziqning har bir nuqtasidagi yopishma tekislik sirtning shu nuqtasidan oʻtuvchi urinma tekislik bilan ustma-ust tushadi. Sirtning har bir nuqtasidan oʻtuvchi Asimptotik chiziq ayni nuqtaga urinma tekislikdan eng kam chetlashish yoʻnalishida oʻtadi. Umuman bunday asimptotik yoʻnalishlar sirtning har bir nuqtasida ikkitadan (boshqaboshqa, ustma-ust tushadigan yoki mavhum) boʻladi, demak, sirtning (yassimas sirtning) har bir nuqtasidan kupi bilan ikkitadan Asimptotik chiziq oʻtadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x