ATLANTIDA

ATLANTIDA — Platon asarlarida saqlangan yunon rivoyatlariga koʻra, Atlantika okeanida, taxm. Gibraltar boʻgʻozining gʻarbida mavjud boʻlgan ulkan orol. Yeri serhosil, aholisi zich joylashgan. Zilzila natijasida okean qaʼriga choʻkib ketgan. Atlantidaning mavjud boʻlganligi va halokatga uchrashi sabablari fanda hanuzgacha muammo boʻlib qolmoqda.

ATEROMA

ATEROMA (yun. athera — boʻtqa) — yumshoq, elastik, yuzasi silliq teriga yopishgan ogʻriqsiz tuzilma, xavfsiz oʻsma; yogʻ bezi chiqish yoʻlining bekilib qolishidan paydo boʻladi. Boshning sochli qismi, yuz, tashqi jinsiy aʼzolarda kuzatiladi, koʻpincha yakka holda, baʼzan koʻp boʻladi. Jarrohlik yoʻli bilan davolanadi.

ATALA

ATALA — bugʻdoy, arpa yoki joʻxori unidan tayyorlanadigan taom. Atala parhez, shifobaxsh hisoblanadi. Kasal, holdan toygan, yangi koʻzi yorigan ayollarga Atala ichiriladi. Uni tayyorlash uchun qoʻy yogʻini qozonda qizdirib, bugʻdoy uni solinadi va qizarguncha qovuriladi. Oz-ozdan suv solinib uzluksiz aralashti-rib turiladi. Ayrim joylarda Atalaga qiyma, tuxum ham solinadi. Atala tayyorlashda 500 g un, 100 g … Читать далее

ASQAROV

ASQAROV Ahmadali (1935.25.9, Namangan viloyati, Uchtepa qishlogʻi) — arxeolog-tarixchi olim. Oʻzbekiston FA akad. (1987), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995), tarix fanlari d-ri (1978), prof. (1990). Toshkent davlat pedagogika in-tini tugatgan (1957), Oʻzbekiston FA Arxeologiya in-ti direktori (1970 — 80; 1983-87), Oʻzbekiston FA Tarix in-tining direktori (1991 — 95), Akademiyaning tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik boʻlimining … Читать далее

ASFALT LOKLAR

ASFALT LOKLAR — bitum bilan kukun holatiga keltirilgan mineral materiallar aralashmalari. Smolali va moyli xillarga boʻlinadi. Smolali Asfalt loklar unchalik ehtiyotkorlik talab qilmaydigan metall sirtlari va sh. k. ga surkaladi, moyli Asfalt loklar avtomashinalarning shassi va radiatorlari sirtiga surkash, elektr mashinalari chulgʻamlari va b. ga shimdirish uchun ishlatiladi.

ASTRONOMIK SOATLAR

ASTRONOMIK SOATLAR — astronomik kuzatishlarda qoʻllaniladigan aniq va xatosiz yuradigan soatlar. Vaqtni katta aniqlik bilan bilish astronometriyada va amaliy astronomiyaning bir necha boʻlimlarida juda zarur hisoblanadi. Qadim zamonlardan to 15-a. gacha astronomiya va b. ehtiyojlar uchun quyosh, kum va suv soatlaridan foydalanib kelingan. Mexanizmli soat astronomiyada birinchi marta 1484-y. da qoʻllanilgan. 1647-y. da Gyuygens (Gollandiya) … Читать далее

ASTROIDA

ASTROIDA (astro… va yun. eidos — shakl) — R radiusli oʻzgarmas aylananing ichki tomoni boʻylab radiusli ikkinchi aylana harakatlanganda kichik aylanadagi nuqtaning trayektoriyasini ifodalovchi chiziq. Gipotsikloidlarning bir turi.

ASTON

ASTON (Aston) Frensis Uilyam (1877—1945) — ingliz fizigi, Rossiya FA xorijiy muxbir aʼzosi (1924). Mass-spektrografni yaratdi, uning yordamida koʻpgina barqaror izotoplarni kashf etdi va ularni tekshirdi. Joylashish koeffitsiyentlari egri chizigini chizdi. Nobel mukofoti laureati (1922).