ASQAROV

ASQAROV Ahmadali (1935.25.9, Namangan viloyati, Uchtepa qishlogʻi) — arxeolog-tarixchi olim. Oʻzbekiston FA akad. (1987), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995), tarix fanlari d-ri (1978), prof. (1990). Toshkent davlat pedagogika in-tini tugatgan (1957), Oʻzbekiston FA Arxeologiya in-ti direktori (1970 — 80; 1983-87), Oʻzbekiston FA Tarix in-tining direktori (1991 — 95), Akademiyaning tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik boʻlimining akad.-kotibi (1987-92), raisi (1994-98). Asosiy ilmiy ishlari Oʻrta Osiyoda saqlanib qolgan moddiymadaniyat yodgorliklarini ochish va ularda arxeologik tadqiqotlar oʻtkazish yoʻli b-n Oʻzbekiston tarixini oʻrganishga bagʻishlangan. Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputati (1990—95). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x