ANTIPIROGENLAR
ANTIPIROGENLAR (anti… va yun rug — olov va genos — tugilish) — kumir, rudalar va b. ning oʻz-oʻzidan yonishiga toʻsqinlik qiluvchi moddalar. Antipirogenlar sifatida suv, natriy silikat eritmalari, parda hosil qiluvchi eritmalar, oksidlanish ingibitorlari va b. qoʻllaniladi. Antipirogenlar rudalardagi yongʻinni oʻchirish uchun ishlatiladi.