ANKILOSTOMIDLAR

ANKILOSTOMIDLAR (Ankylostomatidae) — strongilidlar turkumiga mansub toʻgarak chuvalchanglar oilasi. Uz. 21 mm gacha. Orqa tomoniga siljigan keng ogʻiz boʻshligʻida joylashgan kutikula tishlari yordamida xoʻjayinining ichagi devoriga yopishib oladi. Sut emizuvchi hayvonlar va odamda parazitlik qiladi. 70 ga yaqin turi maʼlum, koʻproq tropik va subtropik mintaqalarda uch-raydi. Odamlarda oʻn ikki barmoq ichak ankilostomasi (Ankylostoma duodenale) va amerika nekatori (Necator americanus), yirtqich sut emizuvchilarda it ankilostomasi (A. caninum) parazitlik qiladi. Ankilostomidlar tuxumlari axlat bilan nam joyga yoki suvga tushganida rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi odam va hayvon tanasiga teri orqali oʻtadi yoki suv va oziq orqali ichakka tushadi. Ankilostomidlar tropik va subtropik iqlimli jan. hududlarda tarqalgan. Odamlarda oʻtkir kamqonlik paydo qiladi, baʼzan oʻlimga olib keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x