ANTIPIROGENLAR

ANTIPIROGENLAR (anti… va yun rug — olov va genos — tugilish) — kumir, rudalar va b. ning oʻz-oʻzidan yonishiga toʻsqinlik qiluvchi moddalar. Antipirogenlar sifatida suv, natriy silikat eritmalari, parda hosil qiluvchi eritmalar, oksidlanish ingibitorlari va b. qoʻllaniladi. Antipirogenlar rudalardagi yongʻinni oʻchirish uchun ishlatiladi.

ANTIMETABOLITLAR

ANTIMETABOLITLAR (anti… va yun. metabole — oʻzgarish) — tirik organizmlarda moddalar almashinuvi jarayonida hosil boʻladigan oraliq birikmalarning oʻzlashtirilishini izdan chiqaradigan moddalar. Organizmga yot moddalardan hisoblanadi. Antimetabolitlar kimyoviy xossalari va tuzilishi bilan hayot uchun zarur moddalar (metabolitlar)ga yaqin turadi. Shuning uchun Antimetabolitlar metabolitlarning parchalanishi yoki sintezida ishtirok etadigan fermentlar bilan reaksiyaga kirishib, kompleks birikmalar hosil qiladi. … Читать далее

ANTIDETONATORLAR

ANTIDETONATORLAR — motor yonilgʻilariga ularning detonatsiyaga qarshi turgunligini oshirish uchun oz miqdorda (1% gacha) qoʻshiladigan kimyoviy birikmalar. Eng samarali Antidetonatorlarga qoʻrgʻoshin tetraetil R (S2N5)4, koʻrgʻoshin tetra-metil R (SN3)4, marganes metilsik-lopentadiyeniltrikarbonil SN3S5N4Mp(SO)3, temir pentakarbonil (FeCO)5 va b. kiradi. Bulardan qurgʻoshin tetraetil keng qoʻllaniladi, chunki boshqa Antidetonatorlar ishlatilganda karbyurator dvigatellarining yonish kamerasi devorlarida koʻp miqdorda qattiq qurumlar … Читать далее

ANTENNA

ANTENNA (lot. antenna — hashorat moʻylovi) — elektromagnit toʻlqinlarini fazoga tarqatuvchi (uzatuvchi Antenna) yoki qabul qiluvchi (qabul qiluvchi Antenna) qurilma. Har qanday uzatuvchi Antennani qabul qiluvchi Antenna oʻrnida yoki, aksincha, qabul qiluvchi Antennani uzatuvchi Antenna oʻrnida ishlatish mumkin, chunki ularning hamma elektr xususiyatlari bir xil. Uzatuvchi Antenna uzatgich moslama energiyasini elektromagnit toʻlqinlari energiyasiga, qabul qiluvchi … Читать далее

ANTAGONISTLAR

ANTAGONISTLAR — 1) anatomiya va fiziologiyada qarama-qarshi harakatlanuvchi muskullar, mas, oyoqqoʻllardagi yozuvchi va bukuvchi muskullar, shuningdek yuqori va pastki jagʻdagi tishlar; nerv juftlari — ular qoʻzgʻalganda aʼzoga qarama-qarshi taʼsir koʻrsatadi (mas, adashgan nerv taʼsirlanganda yurak ritmi hamda muskullarining qisqarishi sustlashadi va h. k., simpatik nerv taʼsirlanganda esa buning aksi kuzatiladi;

ANORGANIK KIMYO

ANORGANIK KIMYO (yun. an – inkor qoʻshimchasi va organik kimyo) — kimyoviy elementlar va ulardan hosil boʻlgan birikmalar haqidagi fan (faqat uglerod birikmalarini organik kimyo, uglerodning bir necha oddiy birikmalarinigina Anorganik kimyo oʻrganadi). Anorganik moddalar, xususan ogir metallar — oltin, kumush, mis, temir, qoʻrgʻoshin, simob va qalay, metallmaslardan uglerod va oltingugurt qadim zamonlardan maʼlum. Milodning … Читать далее

ANOD BATAREYASI

ANOD BATAREYASI — bir necha galvanik element yoki akkumulyatoram tashkil topgan va elektron lampalar anod zanjirini elektr energiyasi bilan taʼminlaydigan kuchlanish manbai. Kimyoviy tok manbalarini oʻzaro ketma-ket (kuchlanishni oshirish uchun) va parallel (tok kuchini oshirish uchun) ulash mumkin. Anod batareyasi koʻpincha oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok tarmogʻi boʻlmagan joylarda ishlatiladi.

ANKILOSTOMIDLAR

ANKILOSTOMIDLAR (Ankylostomatidae) — strongilidlar turkumiga mansub toʻgarak chuvalchanglar oilasi. Uz. 21 mm gacha. Orqa tomoniga siljigan keng ogʻiz boʻshligʻida joylashgan kutikula tishlari yordamida xoʻjayinining ichagi devoriga yopishib oladi. Sut emizuvchi hayvonlar va odamda parazitlik qiladi. 70 ga yaqin turi maʼlum, koʻproq tropik va subtropik mintaqalarda uch-raydi. Odamlarda oʻn ikki barmoq ichak ankilostomasi (Ankylostoma duodenale) va … Читать далее

ANIQLIK

ANIQLIK — 1) mashinasozlikda — tayyorlanadigan buyumlar (detallar, uzellar, mashina asboblari)ning oldindan belgilangan parametrlarga, chizmada berilganiga, texnik shartlarga, standartlarga mos kelish darajasi. Har qanday texnologik jarayonda muayyan xatolik boʻladi, shuning uchun mutlaq A. ga erishib boʻlmaydi. Aniqlik shakli, oʻlchami, oʻzaro joylashish aniqligi kabi xillarga boʻlinadi. Yoʻl qoʻyiladigan Aniqlik (dopusklar) tizimiga muvofiq detallarning oʻlchamlariga chegaraviy oʻlchamdan … Читать далее

ANID

ANID (naylon) — sunʼiy poliamid tola. Elastik, suvga chidamli, oson qoliplanadi, chirimaydi. Toʻqimachilik, mashinasozlik sanoatida, balik, toʻrlari toʻqish va b. maqsadlarda qoʻllaniladi (q. Poliamid tolalar).