AHMAD al-FARGʻONIY

AHMAD al-FARGʻONIY (toʻliq ismi Abul Abbos Ahmad ibi Muhammad ibn Kasir al-Fargʻoniy) (taxm. 797, Fargʻona — 865, Misr) — astronomiya, mat., geogr. va b. ilmiy yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatgan oʻzbek qomusiy olimi. Sharkda Al-Fargʻoniy, Yevropada Alfraganus (Alfraganus) taxalluslari b-n mashhur. Uning hayoti va ilmiy faoliyati toʻgʻrisida juda oz, u ham boʻlsa, uzuq-yuluq maʼlumotlar yetib kelgan. Ahmad … Читать далее

AQRAB

AQRAB, Chayon (arab. — chayon) — 1) yulduz turkumi, 12 ta zodiak (burj) — yulduz turkumlaridan biri (belgisi H.). Osmonning Jan. yarim sharida Ilon-eltuvchi, Mezon, Boʻri, Burchak chizigʻi turkumlari oralarida joylashgan. Eng ravshan yulduzi — Antares. Bahor va yozning boshlarida koʻrish mumkin;

AEROLOGIYA STANSIYASI

AEROLOGIYA STANSIYASI — shamol, t-ra, bosim va namlikni muntazam kuzatib boruvchi st-ya. A. s. da Yer ustidagi meteorologik kuzatishlar va aerologik oʻlchash natijalari tegishli tashkilotlarga yuborib turiladi. As. radiozond, aerostat, meteograflar, aerologik teodolit, radioteodolit va radiolokatorlar bilan jihozlanadi. Aerologiya stansiyasi maʼlumotlari aerologiya markazlarida jamlanadi.

AERODINAMIK ISISH

AERODINAMIK ISISH — gaz yoki havo biror jism sirtidan katta tezlik b-n oqib oʻtganda shu jism sirtining isishi. Gaz yoki havo oqimi sekinlashgan sari uning t-rasi orta boradi va gaz (havo)ning issiqlik oʻtkazishi tufayli jism sirtining t-rasi ham ortadi. Gaz (havo) oqimi asosan zichlik keskin oʻzgaradigan chegara qatlamda sekinlashadi. Harakatning sekinlashishi natijasida havoning eng yuqori … Читать далее

ASHURO

ASHURO (arab. — oʻn kunlik) — 1) Muhammad (sav) Madinaga koʻchib oʻtganlaridan soʻng dastlabki paytda, muharram oyi 10-kunida tutilgan roʻza. Keyinroq ramazon oyida roʻza tutish belgilangach, Ashuro roʻzasini tutish ixtiyoriy deb eʼlon etilgan;

ASHRABOV Abbos Boboyevich

ASHRABOV Abbos Boboyevich (1913.2.10, Piskent) — qurilish sohasidagi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). Texnika fanlari d-ri (1961), prof. (1960). Oʻrta Osiyo politexnika in-tini tugatgan (1940), shu in-tda ishlagan (1935—91), Oʻzbekiston FA Inshootlar in-ti direktori (1958—63), Toshkent arxitektura va qurilish intida prof. (1992—96). Ilmiy ishlari qurilish materiallariga, binokorlik nazariyasi va amaliyotiga, zilzilabardosh binolar va … Читать далее

ACHCHIQTOSH

ACHCHIQTOSH — qoʻsh sulfat tuzlarining kristallogidratlari. Sulfatli minerallardan 30 ga yaqini xalq tilida Achchiqtosh deb ataladi. Tabiiy sharoitda sof holda uchramaydi. Sof Achchiqtosh bir valentli va uch valentli metallar sulfatlarining issiq suvdagi eritmalarini aralashtirish yoʻli bilan olinadi. Achchiqtoshli mineralni suvda eritib bugʻlatish A. ni tozalashning eng oson usulidir. Achchiqtoshning barcha turlari kristall shaklda, nordon taʼmli … Читать далее