ACHCHIQTOSH

ACHCHIQTOSHqoʻsh sulfat tuzlarining kristallogidratlari. Sulfatli minerallardan 30 ga yaqini xalq tilida Achchiqtosh deb ataladi. Tabiiy sharoitda sof holda uchramaydi. Sof Achchiqtosh bir valentli va uch valentli metallar sulfatlarining issiq suvdagi eritmalarini aralashtirish yoʻli bilan olinadi. Achchiqtoshli mineralni suvda eritib bugʻlatish A. ni tozalashning eng oson usulidir. Achchiqtoshning barcha turlari kristall shaklda, nordon taʼmli boʻlib, ogʻizni burishtiradi. Achchiqtosh qizdirilganda tarkibidagi suvini yoʻqotib, xira tortib qoladi. Oʻrta Osiyoda shoʻrsuv, Gugurtdogʻ konlarida, Hisor tizmasida va b. joylarda uchraydi. Achchiqtosh koʻnchilikda, bosma ishida, foto sanoatida, gazlama boʻyashda, qogʻoz i. ch. da ishlatiladi. Alyuminiyli Achchiqtosh tibbiyotda ham qoʻllaniladi. Achchiqtosh teri va shilliq pardalarni quritadi va dezinfeksiyalaydi. Aholi tomoq ogʻrigʻi, ogʻiz oʻyilishi, milk yalligʻlanishi kabi kasalliklarni davolashda qadimdan Achchiqtoshdan foydalanib keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x