ABO

ABO (arab. — jun mato) — erkaklarning uzun ustki kiyimi (kalta yeng, paxtasiz, avrasi jun yoki ip matoli). Qadim Sharkda uni koʻpincha qalandar va darvishlar kiygan. A. Turkistonga islom dinining tarkalishi natijasida kirib kelgan. U toʻn maʼnosida 7 – a. dan maʼlum. Abo nomi turkiy adabiyotda 14 – a. shoiri Sayfi Saroyining «Guliston» asarida kiyim … Читать далее

ABZALOV Melis Oripovich

ABZALOV Melis Oripovich (1938.18.11, Toshkent) — kinorejissyor va aktyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1987). Toshkent davlat sanʼat in-tini tugatgan (1961). 1961—62 y. lar Yosh tomoshabinlar teatrida aktyor. 1962—65 y. lar «Oʻzbekfilm» kinostudiyasida rej. assistenti, keyinchalik rej. va aktyor, 1989-y. dan «Vatan» kinostudiyasining badiiy rahbari. Abzalov ijodiga komediya janridagi filmlar yaqin boʻlib, ular oʻziga xos … Читать далее

ABDUGʻANIYEV

ABDUGʻANIYEV Otagʻiyos (1859-1927) — buxorolik tanburchi. Shashmaqom cholgʻu yoʻllarini puxta egallab, har bir maqom kuyini oʻziga xos uslubda ijro etgan. 1920-y. dan Abdugʻaniyev Buxoro Sharq musiqa maktabida Shashmaqom cholgʻu (tanbur) yoʻllaridan dars bergan. 20-y. larning boshlarida Abdurauf Fitrat tashabbusi tufayli Abdugʻaniyev ijrosidagi Shashmaqom cholgʻu yoʻllari ilk marta notaga yozib olinib, nashr etilgan.

ABDURAHMONOV

ABDURAHMONOV Gʻulom (1910.1.5, Turkiston sh. — 1987.15.5, Toshkent) — oʻzbek opera xonandasi (lirik-dramatik tenor). Oʻzbekiston xalq artisti (1949). Faoliyatini Samarqand musiqali drama teatrida boshlagan (1929). Moskva konservatoriyasi huzuridagi Oʻzbek opera studiyasida (vokal boʻyicha) taʼlim olgan (1934—39). Oʻzbek opera va balet teatri (1939—54), Oʻzbek Davlat filarmoniyasi yakkaxoni (1954-81). Abdurahmonov koʻpgina opera, musiqali drama va komediyalardagi asosiy … Читать далее

ABDURAHIM TOSHTAROSH

ABDURAHIM TOSHTAROSH, asli Turdiyev Abdurahim (1870 — Nurota tumani Gʻozgʻon qishlogʻi — 1938) — mashhur toshtarosh, xalq ustasi, meʼmor. Toshdan ajoyib haykallar yasagan. Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa saroyidagi ikki sher haykali bu mohir toshtarosh sanʼatining nodir namunasidir. Karmanadagi Sultonobod-Olchin bogʻini bezashda, soʻngra Sitorai Mohi Xosa saroyi qurilishida ishtirok etgan. Gʻozgʻondagi Shohimardon marmar masjidi (1913), Dehbaland … Читать далее

ABDULHAMID MAJIDIY

ABDULHAMID MAJIDIY (taxallusi Abutanbal, Abdulhamid Majidiy, Chaqmoq 1902 — Kattaqoʻrgʻon — 1938) — oʻzbek shoiri, dramaturg, adabiyotshunos, jurnalist, pedagog. Dastlab eski maktabda, soʻngra Kattaqoʻrgʻonda ochilgan rus-tuzem maktabida taʼlim oldi. «Zarafshon» (1925 — 26), «Ozod Buxoro» (1927—28) gaz. larida muharrirlik qildi. Xorazm viloyat teatrida direktor, adabiy emakdosh (1929—33). Toshkentda «Mushtum» jur. da (1934—37) ishladi. 1920-y. dan … Читать далее

ABDULLO MIRZO

ABDULLO MIRZO (1433-1451) — Movarounnahr hukmdori (1450—51). Temuriylardan. Ulugʻbekning ukasi Ibrohim Mirzoning kenja oʻgʻli. Otasi vafotidan soʻng, Fors viloyatiga hokim qilib tayinlangan. Biroq u hali yosh boʻlgani sababli davlat ishlarini onasi Ruqiya begim bilan otabek Shamsuddin Sheroziy boshqargan. 1447-y. amakivachchasi Sulton Muhammad Mirzo Fors viloyatini bosib olgach, Hirotga qochib kelgan. 1448-y. esa amakisi Ulugʻbekning xizmatiga … Читать далее

ABDULLAYEVA

ABDULLAYEVA Lola (1918.13.4, Toshkent) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Toshkent rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1934 — 38). Olmaotadagi qozoq drama teatrida, soʻng Bishkekdagi teatr rassomlik ktida ishladi. Abdullayeva 1948 — 79 y. larda Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat Davlat musiqali drama va komediya teatri bosh rassomi. Uning «Layli va Majnun», «Oq … Читать далее