ABDURAHMONOV

ABDURAHMONOV Gʻulom (1910.1.5, Turkiston sh. — 1987.15.5, Toshkent) — oʻzbek opera xonandasi (lirik-dramatik tenor). Oʻzbekiston xalq artisti (1949). Faoliyatini Samarqand musiqali drama teatrida boshlagan (1929). Moskva konservatoriyasi huzuridagi Oʻzbek opera studiyasida (vokal boʻyicha) taʼlim olgan (1934—39). Oʻzbek opera va balet teatri (1939—54), Oʻzbek Davlat filarmoniyasi yakkaxoni (1954-81). Abdurahmonov koʻpgina opera, musiqali drama va komediyalardagi asosiy rollarni ijro etgan: Joʻra («Boʻron»), Boʻtakoʻz («Ulugʻ kanal»), Abbos («Davron ota»), Ravshan («Koʻr oʻgʻli»), Asqar («Arshin mol olon»), Qodir («Gulsara»), Majnun («Layli va Majnun»), Farhod («Farhod va Shirin»), Tohir («Tohir va Zuhra»), Neʼmat («Halima»), Toshmat («Oʻzbekiston qilichi») va b. Repertuaridan ayrim xalq qoʻshiklari, oʻzbek kompozitorlarining asarlari («Kuylayman», «Jon qizlar» va b.) ham oʻrin olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x