ANNALLAR

ANNALLAR (lot. — yillik) — eng muhim voqealar yozib boriladigan yilnoma. Qad. Rimda bosh pontifik (kohin) buyrugʻiga binoan hamma muhim voqealar oq ganch bilan qoplangan taxtachalar ustiga yozib qoʻyilar edi. Annallar bizgacha saqlanmagan, ularning mazmuni annalistlar yoki ilk Rim tarixchilari asarlaridan maʼlum. «Annallar» degan nom keyinchalik oʻrta asrlar solnomasiga oʻtgan. Annallar juda qad. zamonlardan boshlab … Читать далее

ANIQMAS TENGLAMA

ANIQMAS TENGLAMA — bittadan ortiq nomaʼlumlarni oʻz ichiga oluvchi tenglama. Nomaʼlumlar soni tenglamalar sonidan katta boʻlgan tenglamalar sistemasini Aniqmas tenglamalar sistemasi deyiladi. Aniqmas tenglama cheksiz kup yechimga ega. Aniqmas tenglama atamasi sonlar nazariyasida ishlatiladi; unda Aniqmas tenglamaning biror arifmetik shartlarga javob beradigan yechimlari qaraladi. (Odatda, A. t. ning butun yoki ratsional sonlardagi yechimlari izlanadi). Bu … Читать далее

ANILIDLAR

ANILIDLAR, C6H5NHCOR — anilin va turli radikalli karbon kislotalarning hosilalari. Bu moddalar anilinning amin guruhidagi bitta vodorod atomi kislota qoldigʻi (atsil guruhi) bilan almashinishi natijasida hosil boʻladi, mas: C6H5NHCOCH3 — atsetanilid C6H5NHCOC6H5 — benzanilid C6H5NHCHO — formanilid Anilidlar suyultirilgan kislota yoki ishqor taʼsirida anilin va karbon kislotaga parchalanadi. Koʻp Anilidlar tibbiyotda dori sifatida, q. x. … Читать далее

ANJOMA

ANJOMA (fors. — temir libos) — ot-ulov abzallaridagi metalli qismlarning umumiy nomi (ayil, noʻxta, uzangi, yugan, oʻmildiriq, quyushkrn kabilar). Yupqa temir tunukadan qirqib yasaladi. Koʻpincha Anjoma yuziga kumush yoki oltin chopila oʻrnatiladi. Buning uchun Anjoma yuzini egovlab yoki qalamcha va bolgʻa bilan chekib, tishlar chiqariladi. Bu tishlarning oʻyiq (ariqcha)lariga mayda kumush yoki oltin simlar yotqizib, … Читать далее

AYNIYAT QONUNI

AYNIYAT QONUNI — toʻgʻri, mantiqiy fikrlashning muhim qonunlaridan biri. Ayniyat qonuni mantiq fani (formal mantiq)da oʻrganiladi. Ayniyat qonuni ham tafakkurning boshqa qonun va shakllari singari predmet, hodisalarning maʼlum obyektiv xususiyat va munosabatlarini aks ettiradi. Predmetlarning nisbiy mustaqillikka ega boʻlish xususiyati, maʼlum davr ichida maʼlum muayyanlikni saqlab qolishi, maʼlum aniq mazmun va shaklga ega boʻlishi, boshqa … Читать далее

AYLANT IPAK QURTI

AYLANT IPAK QURTI (Philosamia cynthia) — tovuskoʻzlilar oilasiga mansub kapalak. Qanotlari yoyilganda 110— 130 mm, jigarrang, yoʻl-yoʻl, oʻrtasida yarim oysimon oqish dogʻlari bor. Jan.Sharqiy Osiyoda tarqalgan, Jan. Yevropaga ham keltirilgan. Qurtlari aylant, nastarin, kanakunjut va b. oʻsimliklar bargi bilan oziqlanadi. Gʻumbagi qishlaydi. Aylant ipak qurti Xitoy, Yaponiya, Hindistonda boqiladi, lekin katta sanoat ahamiyatiga ega emas. … Читать далее

AYIQ OʻYIN

AYIQ OʻYIN (ayiqbozlik) — xalq tomoshalarining bir turi. Ayiq oʻyin Oʻzbekistonda qadimdan mashhur. 19-a. da Buxoroda Ikrom bobo degan atokush ayiqboz oʻtgan. U bir qora ayiq bilan ikki maymun oʻynatgan. Ayiq oʻz egasining aytganini itoatkorlik bilan bajarib, tomoshabinlarga yengilgina oʻkirar, taʼzim qilar, ayiqboz bilan kurashar, maymunlar b-n quvlashardi. Bundan tashqari, u tannoz ayolning oynaga qarab … Читать далее

AYVON

AYVON — Oʻrta Osiyoda iqlimiy sharoit (asosan yoz fasli)ga moʻljallab qurilgan usti yopiq, 1, 2 yoki 3 tomoni ochiq bino. A. ning shim. ga qaratib solinadigan (ters ayvon) va jan. ga qaratib solinadigan (oʻng ayvon, kungay ayvon) xillari boʻladi. Tuzilishi jihatidan Ayvonning dahliz-A., ustunli Ayvon, ravokli Ayvon kabi turlari bor. Ravoqli Ayvonning eng murakkabi peshtoq … Читать далее

AZROIL

AZROIL — islom dinida toʻrt bosh farishtadan biri, jon oluvchi farishta. Rivoyatlarga koʻra, Azroil dastlab oddiy farishta boʻlgan, Alloh Odamatoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib kelishga yuboradi. Yer qarshilik koʻrsatadi va farishtalar undan bir siqim ham yulib ololmaydilar. Bu ishni faqat Azroil bajarganligi sababli u oʻlimdan ustun turuvchi farishta deb hisoblangan. U toʻrt ming … Читать далее

AZONALLIK

AZONALLIK (yun. a — inkor qoʻshimchasi va zone — zona) — mavjud hududning zonal xususiyatlari b-n bogʻliq boʻlgan biron hodisaning tarqalishi (q. Geografik zonallik). A. tekisliklarda tabiiy Azonallik (iqlimiy Azonallik, tuproq, A. gi, oʻsimlik A. gi, landshaft A. gi va b.) va togʻlarda balandlik A. gi boʻlishi mumkin. Yerning ichki kuchlari (geologik tuzilishi, relyefning morfostrukturasi … Читать далее