AYLANT IPAK QURTI

AYLANT IPAK QURTI (Philosamia cynthia) — tovuskoʻzlilar oilasiga mansub kapalak. Qanotlari yoyilganda 110— 130 mm, jigarrang, yoʻl-yoʻl, oʻrtasida yarim oysimon oqish dogʻlari bor. Jan.Sharqiy Osiyoda tarqalgan, Jan. Yevropaga ham keltirilgan. Qurtlari aylant, nastarin, kanakunjut va b. oʻsimliklar bargi bilan oziqlanadi. Gʻumbagi qishlaydi. Aylant ipak qurti Xitoy, Yaponiya, Hindistonda boqiladi, lekin katta sanoat ahamiyatiga ega emas. Bitta pillasi 60 m ga yaqin ipak ip beradi. Aylant ipak qurti lab. hayvoni sifatida ham boqiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x