ANTITEZIS

ANTITEZIS (yun. antithesis — tezisga zid) — mantiqda, xususan, isbotlash nazariyasida dastlabki asosiy fikrga zid bayon qilingan mulohaza. Antitezisda teskari fikr toʻgʻri deb faraz qilinadi va isbotlashda qoʻllaniladi (q. Isbot). Falsafada Antitezis dialektik taraqqiyot jarayonining muayyan bir bosqichi, avvalgi asosiy holatning (tezisning) oʻz-oʻzidan inkor etilishi. Ammo Antitezis mutlaq inkor emas, balki u tezisning maʼlum bir … Читать далее

ANTINOMIYA

ANTINOMIYA (yun. antinomia — qonunning ichki ziddiyati) — mantiqiy isbotlanadigan ikki qonun, mulohaza yoki xulosa oʻrtasidagi ziddiyat. Qad. dunyo mutafakkirlari asarlarida Antinomiya aporiya shaklida ishlatilgan. 18-a. da Antinomiya haqidagi taʼlimotni Kant ishlab chiqdi. Uningcha, inson aqli olamning mohiyatini bilmoqchi boʻlsa, bir-biriga zid boʻlgan xulosalarga keladi. Kant fikricha, shu tarzda toʻrtta Antinomiya vujudga keladi: 1. Olam … Читать далее

ANTIKLINORIY

ANTIKLINORIY (anti… va yun. klino — ogʻdiraman va orpos — togʻ) — Yer poʻsti geosinklinal oblastining uzoq vaqt koʻtarilishi natijasida vujudga keladigan yirik (bir necha oʻn km va yuz km ga choʻzilgan) va murakkab antiklinal shakldagi burma. Antiklinoriy qanot burmalarida paydo boʻlgan bir necha kator mayda burmalar baʼzan siljimalar boʻlganligi tufayli murakkablashadi. Koʻpincha, Antiklinoriyning markaziy … Читать далее

ANTARKTIKA

ANTARKTIKA — Yer sharining Jan. kutb oblasti. Antarktikaga Antarktida materigi, Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining shu materikka tutash qismlari, shuningdek Antarktida yaqinidagi orollar kiradi. Antarktika tabiiy-geografik chegarasi taxm. 50 — 60° j. k. dan oʻtadi. Antarktika mayd. 52,5 mln. km2. A. da materik sayozligi boshqa materiklarga nisbatan chuqurroq (500 m), tik materik yon bagʻri chuq. … Читать далее

ANNOTATSIYA

ANNOTATSIYA (lot. annotatio — qayd) — qisqacha taʼrif. Kitob, maqola, qoʻlyozma mundarijasini, gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishini va b. jihatlarini ochib beradi. Annotatsiyani, mas, kitobning oʻzida, bibliografik koʻrsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi oʻquvchilarda muayyan kitob, maqola, qoʻlyozma toʻgʻrisida umumiy tasavvur tugʻdirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam koʻrsatishdir.

ANKERIT

ANKERIT — karbonatlar guruhiga kiruvchi mineral. Qattiqligi 3,5—4. C.ogʻ. 2,9—3,1. Kristallari yassi romboedr shaklida. Rangi shishasimon va sargish, sargʻish-qoʻngʻir, qizgʻish. Nurash natijasida qoʻngʻir tusga oʻtganligi uchun ilgari qoʻngʻir shpat deb ham atalar edi. Ankerit kupincha ruda konlarida kvars, flyuorit, kalsit, xalkopirit, galenit, argentit, tugʻma kumush, siderit, nikelin va b. minerallar bilan uchraydi. Ankerit ohaktoshning siderit … Читать далее

ANIMALISTIKA

ANIMALISTIKA (lot. animal – hayvon) — tasviriy sanʼatda hayvonlarni tasvirlash. Bu sohada ishlovchi rassom va haykaltarosh animalist deb ataladi. Tabiatning ajoyib mahsuli boʻlgan hayvonot olami — suvda, quruqlikda yashovchilar, qushlar insonni juda qadimdan qiziqtirgan, hayvonot dunyosi umuman inson uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Ibtidoiy inson ibtidoiy sanat na-munalarida ov manzaralarini, hayvonlarning turli sharoitda harakat va … Читать далее