ANIMALISTIKA

ANIMALISTIKA (lot. animal – hayvon) — tasviriy sanʼatda hayvonlarni tasvirlash. Bu sohada ishlovchi rassom va haykaltarosh animalist deb ataladi. Tabiatning ajoyib mahsuli boʻlgan hayvonot olami — suvda, quruqlikda yashovchilar, qushlar insonni juda qadimdan qiziqtirgan, hayvonot dunyosi umuman inson uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Ibtidoiy inson ibtidoiy sanat na-munalarida ov manzaralarini, hayvonlarning turli sharoitda harakat va holatini aks ettirgan. Qadimda koʻpgina hayvonlarni ilohiy hisoblaganlar (jumladan, turkiy xalqlarda ona buri va, b.), tasviriy sanʼat asarlarida inson bilan hayvonni uygʻunlashtirib koʻrsatganlar (sfinks, grifonlar). Qad. Xitoy, Yaponiyada hayvon tasviri bezak va mahobatli mujassamotlarda koʻp uchraydi. 17-a. golland tasviriy sanʼatida hayvonlarni tasvirlash maxsus janrga aylandi. 18-a. dan rus tasviriy sanʼatida Animalistika janri rivojlana boshladi (I. Groot, P. Klodt). Animalistika xalq ijodida keng tarqalgan. Ayrim Sharq mamlakatlarida, ayniqsa Myanma (Birma), Kambodja (Kampuchiya), Hindistonda meʼmoriy inshootlar qadimdan hayvonlar tasviri bilan uygʻunlashtirib bunyod etilgan. Turkistonda, jumladan Oʻzbekiston hududida Animalistika juda qadimdan rivojlangan. Dastlabki hayvon tasvirlari (qoyatosh rasmlari, sopol buyumlar bezagi, haykallar) ibtidoiy davrda va undan keyingi jamiyatda yaratilgan (neolit, eneolit, jez davrida yaratilgan kulollik buyumlaridagi handasiy shakllar hayvon — sigir, qushlar, xoldor sirtlon tasvirlari b-n toʻldirildi; Amudaryo xazinasidagi oltin buyumlarda hoʻkiz, echki, ilon va b. tasvirlari). Yana q. Saklar madaniyati, Skiflar sanʼati. Saqlanib qolgan devoriy rasmlarda (q. Dalvarzintepa, Afrosiyob devoriy rasmlari, Tuproq qalʼa devoriy rasmlari), amaliy bezak sanʼati (mato, ziynat buyumlari, bezakli idishlar va b.) da ham hayvon tasvirlari uchraydi. Arablar istilosidan keyin Animalistika janri tushkunlikka uchrab, oʻrnini koʻproq girih, islimiy naqshlar egalladi. Shunga qaramay, miniatyura asarlarida hayvon va qushlar tasviri koʻp. Bezak sanʼatida ham mavjud: oʻyma va boʻyama naqshlarda hayvon va qushlar uslublashtirib boʻlsa hamki ifodalangan, oʻyinchoq haykalchalarda, asosan, hayvonlar shakli tasvirlangan; shoyi matoda afsonaviy mahduqlar (7—9-a. lar), ganch oʻymakorligida qanotli sherlar, dev va b. (Termizshohlar saroyida, 12-a.); shisha buyumlarda hayvon shakli (hoʻkiz boshi, Samarqand muzeyida; baliq shaklidagi billur idishcha, Ermitajda) va b. tasvirlar, Samarqanddagi Sherdor Madrasa peshtoqiga sher, Buxorodagi Devonbegi madrasasi qanosiga afsonaviy semurgʻ qush, kiyik tasvirlari ishlangan. Oʻzbek haykaltaroshlari A. Boymatov, P. va M. Ivanov, E. Aliyev, I. Jabborov va b. ijodida ham hayvonlar tasviri uchraydi. Oʻzbek xalq ijodida Animalistika janri (U. Joʻraqulov, H. Rahimova, Animalistika Muxtorov va b. ustalar ijodida) keng rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x