ARABISTON GʻOʻZASI

ARABISTON GʻOʻZASI, areyzian gʻoʻzasi (Gossypium areysianum Defl .) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi F3, xromosomalar soni 2p=26. Birinchi marta M. A. Deflers taʼriflab bergan. 1953-y. dan oʻrganilmoqda. Arabiston ya. o. jan. qismi, xususan Yamanda (issiq joylardagi dara va jarliklarning toshloq yoqalarida oʻsadi) tarqalgan. Arabiston gʻoʻzasi tik oʻsuvchi monopodial buta, boʻyi 3 m gacha yetadi. Oʻsimlikning … Читать далее

APPERSEPSIYA

APPERSEPSIYA (lot. ad – ga, perceptio — idrok, qabul qilish) — psixologiyadagi tushuncha. Idrok jarayonining shaxsning avvalgi bilim va tajribalari, qiziqishi, ehtiyoji va odatlari, yoshi, jinsi, maʼlumoti, kasbi, umuman psixik hayotning barcha mazmuni bilan bogʻlanishi anglashiladi. Appersepsiya hodisasi tufayli kishilar idrokining mazmuni bir-biridan farq qiladi, yaʼni kishilar aynan bir xil narsani oʻz bilim darajasi, turmush … Читать далее

APOSPORIYA

APOSPORIYA (apo…, spora) — sporofitning vegetativ hujayrasidan gametofit nasl hosil boʻlishi. Mac., qirqquloq bargining toʻqimasidan oʻsib chiqqan oʻsimtaning taraqqiyoti natijasida yangi oʻsimlik paydo boʻladi.

APNOE

APNOE (yun. apnoia — nafasning toʻxtashi) — qonda karbonat angidrid gazining miqdori kamayib ketishi natijasida nafasning vaqtincha toʻxtab qolishi. Baʼzan teri retseptorlarini kuchli taʼsirlaganda (mas, birdan sovuq suvga tushilganda) ham Apnoe roʻy beradi. Yangi tugʻilgan bolada Apnoe 10 minutcha davom etadi, chunki uning qonida kislorod miqdori katta yoshdagi odamlar qonidagiga nisbatan koʻproq boʻladi.

APATIT

APATIT (yun. apatao — aldayman) — fosfatlar sinfiga mansub mineral. Tarkibida R2O5 ning miqdori 42%. Aralashmalari: SO2, Mp, kamyob f elementlari, U, Sr va b. Oq, zangori, sariq, binafsha rang va b. rangdagi kristall va donador agregatlar. Qattiqligi 5. S. og. 3,2. Kimyoviy tarkibiga qarab Apatit ftorapatit, gidroksilapatit va xlorapatitga boʻlinadi. Apatit magmatik, gidrotermal, pnevmatolit … Читать далее

ANYELLI

«ANYELLI — NAZI» (Agnelli – Nasi) — Italiyadagi sanoat guruhi. 20-a. boshlarida shakllangan. Mamlakatda avto-mobillarning 90% ni ishlab chiqaradigan «FIAT» konserni guruhning oʻzagini tashkil etadi. Sanoatning boshqa tarmoqlaridagi korxonalarni ham nazorat qiladi.

ANUS

ANUS, anal teshik — toʻgʻri ichakning oxirgi qismi — orqa chiqaruv teshigi. Anus dastavval mustaqil rivojlanib, keyin toʻgʻri ichakning pastki qismiga ochiladi. Baʼzan toʻgʻri ichak bilan Anus oʻrtasida parda saqlansa, chaqaloqda ich boʻshalmaydi. Bunda jarrohlik yoʻli bilan parda teshiladi. Anus devorining ichki, shilliq qavati uzunasiga joylashgan burmalardan iborat boʻlib, vena qon tomiri chigʻallariga boy. Anusning … Читать далее

ANTONINLAR

ANTONINLAR — Rim imperatorlari sulolasi (96 — 192); sulolaning asoschisi imperator Nerva (96 — 98). Nerva, Trayan, Adrian, Antonin Piy, Mark Avreliy (Lutsiy Ver bilan birgalikda) va Kommodlar Antoninlar sulolasidan. Antoninlar hukmronligida Italiya tushkunlikka uchradi. Bu davrda qulchilik tanazzulga uchrab, kolonlar mehnatidan keng foydalanildi. Pastki tabaqalarning behad ekspluatatsiya qilinishi viloyatlarda norozilik harakatlarining avj olishiga sabab … Читать далее