APPERSEPSIYA

APPERSEPSIYA (lot. ad – ga, perceptio — idrok, qabul qilish) — psixologiyadagi tushuncha. Idrok jarayonining shaxsning avvalgi bilim va tajribalari, qiziqishi, ehtiyoji va odatlari, yoshi, jinsi, maʼlumoti, kasbi, umuman psixik hayotning barcha mazmuni bilan bogʻlanishi anglashiladi. Appersepsiya hodisasi tufayli kishilar idrokining mazmuni bir-biridan farq qiladi, yaʼni kishilar aynan bir xil narsani oʻz bilim darajasi, turmush tajribasi, dunyoqarashi hamda ijtimoiy kelib chiqishiga qarab turlicha idrok qiladilar. Mas, «reaksiya» soʻzini kimyogarlar moddalarning kimyoviy yoʻl bilan birikishi yoki ajralishi deb, sotsiologlar tarixiy taraqqiyotda orqaga chekinish deb, psixolog va fiziologlar esa organizmning taʼsirotga nisbatan qaytargan javob harakati deb idrok qiladilar. Appersepsiya terminini baʼzan idrokning aniqligi, toʻliqligi, yorqinligi kabi sifatlari maʼnosida ham ishlatiladi. Appersepsiya hodisasi barqaror va vaqtincha deb ataluvchi 2 qismga boʻlinadi. Barqaror Appersepsiya shaxsning dunyoqarashi, eʼtiqodi, ideali, bilim va madaniy saviyasi, kasbi hamda qiziqishlariga; vaqtincha Appersepsiya esa faqat shaxsning idrok jarayonidagi hissiy holati, kayfiyatiga bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x