ASOSIY ISHLAB CHIQARISH

ASOSIY ISHLAB CHIQARISH, asosiy tarmoq — korxona i. ch. tuzilmasi va ixtisoslashuvining rejali yoʻnalishini belgilaydigan tarmoq. Xom ashyoni tovar mahsulotiga aylantirishda hal qiluvchi rol oʻynaydi. Xom ashyoni i. ch. ga tayyorlab beruvchi, ishlab beruvchi, tayyor mahsulotga aylantiruvchi sexlarni oʻz ichiga oladi. Odatda, Asosiy ishlab chiqarish yalpi va tovar mahsuloti, mehnat va moddiy vositalar sarfi, pul … Читать далее

ASKANIYA QOʻY ZOTI

ASKANIYA QOʻY ZOTI — mayin tolali, juni va goʻshti uchun boqiladigan zot. Bu zotni 1925 — 34 y. larda Ukraina chorvachilik i. t. instituti (Xerson viloyatidagi «Askaniya-Nova» xoʻjaligi)da akad. M. F. Ivanov Ukraina mahalliy merinos qoʻylarini tanlab borish va Amerikaning rambulye qoʻchqorlari bilan chatishtirish orqali yetishtirgan. Askaniya qoʻy zoti mayin junli qoʻylar ichida oʻzining yirikligi … Читать далее

ASIMMETRIK ATOM

ASIMMETRIK ATOM — toʻrtta har xil atomlar yoki guruhlar bilan birikkan uglerod atomi. Boshqa elementlar (mas, Si, N, R, Av)ning atomlari ham asimmetrik boʻlishi mumkin. Asimmetrik atomga birikkan atomlar yoki guruhlar bir tekislikda yotmaydi. Asimmetrik atom li birikmalar optik jihatdan faol hisoblanadi (q. Asimmetrik molekula).

ASBEST IPLAR

ASBEST IPLAR — asbest tolalariga paxta tolalarini oʻrib, pishitib olinadigan mahsulot. Bir necha Asbest iplar oʻrib pishitilsa, asbest shnurlar hosil boʻladi. Asbest iplar va asbest shnurlar zichlagich va issiqlik oʻtkazmaydigan material sifatida ishlatiladi.

ASALARICHILIK

ASALARICHILIK — q. x. ning tarmoqlaridan biri, asalarilarni asal, mum va b. mahsulotlar (asalari suti, asalari yelimi, asalari zahari va b.) olish, shuningdek q. x. ekinlari hosildorligini oshirish uchun ularni changlatish maqsadlarida boqish. Ispaniyadagi Aran gʻoridan topilgan arxeologik maʼlumotlarga kura Asalarichilik mil. av. 10 — 5-ming yilliklarda ham mavjud boʻlgan degan taxminlar bor. «Tavrot», «Bibliya» … Читать далее

ASAKA TUMANI

ASAKA TUMANI — Andijon viloyatidagi tuman. Viloyatning markaziy qismida joylashgan. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan (1962 i. 24 dek. da Marhamat tumani bilan birlashtirilgan, 1970-y. 7 dek. da qayta tuzilgan). Andijon viloyatining Shahrixon, Marhamat, Andijon, Xoʻjaobod tumanlari va Fargʻona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,26 ming km2 (1995). Aholisi 174,9 ming kishi (2000). … Читать далее

ARGʻIMCHOQ

ARGʻIMCHOQ — oʻyin-ermakka uchiladigan tebranma moslama. Odatda Argʻimchoq daraxtning katta butogʻiga yoxud imorat xarisiga osilib, ikki uchiga taxta (oʻrindiq) bogʻlangan arqondan iborat. Sanoatda ishlab chiqariladigan Argʻimchoqlar birmuncha murakkab: ularning oʻrindigʻi, arqon yoki metall osmasi va b. qismlari boʻladi. Xonadonlarda, bogʻchalarda, istirohat bogʻlarida foydalaniladi.

ARSHI AʼLO

ARSHI AʼLO (arab, arsh — taxt, aʼlo — buyuk) — buyuk taxt. Islom aqidasiga koʻra, Arsh Yer, osmonlar, yulduzlar va Kursiydan ham katta hajmdagi mavjudot. Alloh yaratgan barcha narsadan u buyuk va kattadir. Qurʼoni Karim oyatlarida Arshi aʼlo toʻgʻrisida 23 joyda bayon etiladi. Mas. «Hud» surasining 7-oyatida: «Alloh shunday (buyuk va kudratli) zotdurkim, Yeru osmonlarni … Читать далее