ATIRQOVUN

ATIRQOVUN (Melo dudaim) — qovun (Melo) turkumiga, qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Boʻyi 30 — 80 sm. Bargi toʻgarak yoki tuxumsimon. Guli bir yoki ikki jinsli. Mevasi dumaloq, diametri 5,5 — 6 sm. Xushboʻyligi bilan boshqa qovunlardan ajralib turadi. Atirqovun ekilishiga qarab iyul — sent. oylarida gullaydi. Yer yuzida keng tarqalgan. Uni Oʻrta Osiyo, … Читать далее

ATEKATLAR

ATEKATLAR, antomeduzalar (Athecata) — dengiz gidropoliplari turkumi. Koloniya boʻlib yashaydi. Koloniyasi butaga oʻxshash, suv tubini, chigʻanoqlar, suv oʻtlari va suv ostidagi boshqa narsalarni qoplab oladi. Atekatlar koloniyasidagi ayrim individlarning himoya gʻilofi — gidrotekasi boʻlmaydi. Atekatlar juda mayda (1 mm gacha), ayrim vakillari (Tubularia urugʻi) bir necha sm dan 70 sm gacha, baʼzan 2,3 m gacha … Читать далее

ATAKA BURCHAGI

ATAKA BURCHAGI — 1) (aerodinamikada) — uchish apparati qanoti shaklining vatari bilan qanotning ilgarilama harakat tezligi yoʻnalishi orasidagi burchak (rasm, a). Aerodinamik quvuraya qanot ilgarilama harakatlanmaydi, balki havo qanotga tomon harakatlanadi; bunda qanot shakli vatari bilan havoning harakat tezligi yoʻnalishi orasidagi burchak Ataka burchagi boʻladi (rasm, b). Ataka burchagi uchish apparatlarining asosiy aerodinamik koʻrsatkichlari: koʻtaruvchi … Читать далее

ASYUT

ASYUT — MAP jan. dagi shahar, Nil daryosining chap sohilidagi port, t. y. stansiyasi; Asyut muhofazasi maʼmuriy markazi. Aholisi 290 ming kishidan ortiq. Mamlakatning savdo-transport markazlaridan. Koʻn poyabzal, toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Gilam toʻqiladi. Un-t bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Asyut yaqinida katta toʻgʻon qurilgan.

ASTROFOTOGRAFIYA

ASTROFOTOGRAFIYA (ostro… va fotografiya) — astronomik kuzatuvlar usuli; osmon yoritqichlarini fotografik yoʻl bilan suratga olishga asoslangan. Astrofotografiya kosmik jismlarning nisbiy koordinatalari va harakatlarini aniqlash, parallakat oʻlchash, Quyoshning toʻla tutilishi paytlarida Eynshteyn effektii» kuzatish va b. qator masalalar bilan shugʻullanadi, astrofizika, yulduz astronomiyasi va osmon mexanikasiga oid zarur maʼlumotlarni beradi. Teleskop yordamida koʻzga koʻrinmaydigan juda xira … Читать далее

ASTRONOMIK ASBOB XATOSI

ASTRONOMIK ASBOB XATOSI — biron bir yoritqichni kuzatishda yoki kattalikni oʻlchashda asbobning nuqsoni, notoʻgʻri ishlashi va b. sabablarga koʻra kelib chiqadigan xato. Hamma vaqt kuzatish va oʻlchash natijalarini koʻpaytirib yoki kamaytirib yuboradi. Osmon jismlarini kuzatishda kelib chiqadigan xato teleskop obyektivlari va koʻzgularining turli abberatsiyalar», mikroskoplarining notoʻgʻri ishlashi va texnik nuqsonlari bilan bogʻliqdir. Bularning hammasi izchil … Читать далее

ASTENIYA

ASTENIYA (yun. astenia — darmonsizlik) — asabiy-ruhiy quvvatsizlik; bunday bemorning kayfiyati oʻzgaruvchan boʻlib, tez toliqadi, ozib ketadi, uyqusi buziladi. Yigʻloqi boʻlib qoladi; vegetativ nerv sistemasining vazifasi izdan chiqadi, uzoq vaqtgacha bosh ogʻriydi. Boshdan kechirilgan kasalliklar, shikastlanishlar, ruxiy toliqish, ichki aʼzolar xastaligi (meʼda yara kasalligi, gastrit, kolit, xoletsistit va b.), miya shikastlanishi va b. A. ga … Читать далее

ASPERGILLYOZ

ASPERGILLYOZ (Aspergillosis) — odam va hayvonlarda parazit zamburugʻi (aspergillar) qoʻzgʻatadigan kasallik. A. da kaysi aʼzo zararlanganligiga qarab kasallik belgilari turlicha namoyon boʻladi. Mas, teri A. ida asosan teri zararlanadi, unda tuguncha, yara va infiltratlar paydo boʻladi. Aspergillyoz bilan asosan parrandalar, qisman sut emizuvchilar kasallanadi. Bu kasallikka parrandalar ichida oʻrdak va gʻoz koʻproq, tovuq, kurka, kaptar, … Читать далее