BOMBAKSDOSHLAR

BOMBAKSDOSHLAR, baobabdoshlar (Bombacaceae) — ikki pallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Deyarli hamma turlari tropik mintaqada oʻsadi, tanasi yoʻgʻon, baʼzan tanasining oʻrta qismi bochkasimon boʻrtib chiqqan. Gullari yirik, toʻgʻri, qisman notoʻgʻri, ikki jinsli, koʻpincha yakka. Kosabarg va tojbarglari 5 tadan, baʼzan tojbarglari boʻlmaydi. Changchilari 5 ta yoki koʻp, u mumiy naychaga yopishgan, baʼzan alohida. 28 turkumi … Читать далее

BOLQURAY

BOLQURAY (Dorema sabulosum Litv.) — soyaziradoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt, ildizi turpga oʻxshab yoʻgʻonlashgan boʻladi. Qizilqumdagi qumloq yerlarda oʻsadi. Poyasi va ildizi sutli. Sutida efir moyi, smola va kamed (yelim) bor. Balgʻam koʻchiruvchi va siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi (q. Sassiqquray). Пост Навигацияси

AGISHEV Odelsha Aleksandrovich

AGISHEV Odelsha Aleksandrovich (1939.10.8) — kinossenariychi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1975). «Laylak keldi, yoz boʻldi», «Favqulodda komissar», «Sevishganlar», «Uchrashuv va ayriliq», «Soʻnggi uchrashuv», «Sevgi va nafrat», «Dahoning yoshligi» filmlarining ssenariylarini hamkorlikda yozgan.

AGATCHAGʻIL TOGʻI

AGATCHAGʻIL TOGʻI — OʻzR Surxondaryo viloyatidagi Sherobod-Sariqamish tizlasining bir qismi. Oqqapchigʻay darasidan Ulaynor dovonigacha (22 km ga) choʻzilgan. Mutlaq bal. — 1280—1300 m. A. t. ning jan.-sharqiy yon bagʻri tik va shim.-gʻarbiy yon bagʻri esa qiyaroq. Agatchagʻil togʻi zamini boʻr davrining yashil gil, qumtosh, alevrolit, gips va ohaktoshlaridan, suvayirgʻich qismi qattiq ohak-toshlardan tuzilgan. Ohaktosh qatlamining … Читать далее

BOLSMAN KINETIK TENGLAMASI

BOLSMAN KINETIK TENGLAMASI — gaz molekulalarining tezlik v va koordinata g lar (vaqt / ga bogʻliq ravishda) boʻyicha taqsimot funksiyasi qanoatlantiradigan tenglama. Bu tenglama kichik zichlikka ega gazlar holatini ifodalaydi. Kinetik tenglamani gazlar uchun dastlab 1872-y. da L. Bolsman taklif etgan. Пост Навигацияси

AVUARLAR

AVUARLAR (frans. avoir — mulk) — 1) bankning toʻlovlar toʻlanadigan va majburiyatlar qoplanadigan mablagʻlari (chek, veksel, pul oʻtkazmalari, akkreditivlar, qimmatbaho qogʻozlar, oltin, chet el valyutasidagi pul vositalari);

BOLTAYEV

BOLTAYEV Abdurauf (1909. 2. 6, Kattaqoʻrgʻon 1978. 6.10, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 1931—34 y. larda Qoradaryo, Narpay, Sariosiyo tumanlari, Kattaqoʻrgʻon sh., Qashqadaryo viloyati teatrlarining tashkilotchilaridan, 1934—39 ylar Samarqand viloyat teatri da, 1939-y. dan Muqimiy teatrida aktyor. Mashhur rollari: Qozi («Maysaraning ishi»), Boboxon («Tohir va Zuhra»), Jiyanboy («Gʻunchalar»), Umurzoqboy («Paranji sirlari»), Flores («Qoʻzibuloq»), Qozi … Читать далее

AVTOTIPIYA

AVTOTIPIYA (avto… va yun. tupos – nusxa, qolip) — 1) rangli tasvirlarning hamma tusini asliday chop etish uchun fotomexanik yoʻl bilan maxsus bosma qolip (klishe) tayyorlash usuli. Avtotipiyada original rastr deb ataluvchi tur (shisha plastikalarga tushirilgan qora kataklar) orqali suratga olinadi. Originalning eng ochiq rangli yeridan aks etgan nurlar rastr kataklaridan oʻtib, negativda eng katta … Читать далее

BOLMAXAMBETOV

BOLMAXAMBETOV Maxash (19141977, Nukus) — 2-jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi serjant. Dasht fronti a7rmiyasining 73gvardiyachi oʻqchi diviziyasi alohida oʻqchi batalyoni 2rotasining boʻlinma komandiri. Bolmaxambetov 1943-y. 9 sent. da oʻz boʻlinmasi bilan batalyonda birinchilardan boʻlib Dnepr boʻyidagi Borodayevka qishlogʻiga yorib kirib, tungi hujum vaqtidagi nayzabozlik jangida koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1944). Dushmanning bir nechta … Читать далее

AVTOMOBIL XIZMATI

AVTOMOBIL XIZMATI — qurolaslaha, yonilgʻi, oziq-ovqat tashish uchun moʻljallangan maxsus xizmat turi. Jang qilayotgan qismlarga texnikani tashish va yaradorlarni evakuatsiya qilishda xizmat qiladi. Oʻz avtotransporti boʻlmagan qoʻshinlarni ham tashiydi. Avtomobil xizmati avtomobil (avtotransport) boʻlinmalari va qismlaridan iborat boʻlib. umumiy armiyaning maʼlum qoʻshin turi tarkibiga kirishi yoki alohida avtomobil qismlaridan tashkil topishi mumkin. Baʼzi armiyalarda Avtomobil … Читать далее