AVTOTIPIYA

AVTOTIPIYA (avto… va yun. tupos – nusxa, qolip) — 1) rangli tasvirlarning hamma tusini asliday chop etish uchun fotomexanik yoʻl bilan maxsus bosma qolip (klishe) tayyorlash usuli. Avtotipiyada original rastr deb ataluvchi tur (shisha plastikalarga tushirilgan qora kataklar) orqali suratga olinadi. Originalning eng ochiq rangli yeridan aks etgan nurlar rastr kataklaridan oʻtib, negativda eng katta nuqtalar, qora (toʻq) yeridan aks etgan nurlar esa eng kichik nuqtalar hosil qiladi. Boshqa yerlardan qaytgan nurlar och-toʻqligiga qarab negativda turli kattalikdagi nuqtalar shaklida aks etadi. Bunday negativdan tayyorlangan klisheda ham, undan foydalanib bosilgan nusxada ham tasvir son-sanoqsiz nuqtalardan iborat boʻladi. Ammo koʻz nuqtalar orasidagi boʻshliqni ilgʻamaydi, nuqtalar yaxlit boʻlib tuyuladi. Nuqtalarning zichroq joylari toʻqroq, siyrakroq joylari ochroq boʻlib koʻrinadi. Avtotipiyadan fotosurat, qalam yoki boʻyoqda chizilgan rasm va h. k. ni chop etishda foydalaniladi; 2) rastrli klishedan olingan nusxa.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x