BOSHQARMA

BOSHQARMA — davlat boshqaruvi tizimida biror yirik tarmoq yoki xoʻjalik sohasida markaziy yoki oʻrta boʻgʻindagi boshqaruv idorasi (mas, Markaziy bankning viloyat boshqarmasi, Bojxona qoʻmitasining shahar boshqarmasi). Boshqarma vertikal (vazirlik, qoʻmita, korporatsiya darajasida sektor — boʻlim — boshqarma — bosh boshqarma) va gorizontal (ayrim vazifalarni bajaruvchi boʻlimlar) tizimda rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. Boshqarma umuman boshqaruv vazifalarini, … Читать далее

BOSHPANA

BOSHPANA — yashash uchun, shuningdek tabiiy yoki ijtimoiy hodisa, voqeadan yashirinib, omon qolish uchun makon boʻladigan joy (turar joy, uy, hovli va h. k.). Siyosiy Boshpana ham boʻladi (q. Boshpana xuquqi). Loading… Пост Навигацияси Previous PostBOSHOYOQLI MOLLYUSKALAR Next PostBOSHSKELETLILAR

AJIRIQTI

AJIRIQTI — korund koni; Navoiy viloyatidagi Tomdibuloq ovulidan 5 km gʻarbda, Tomdi togʻlarida. Korund metamorfizmga uchragan ohaktoshlar orasida kalinligi 1 m va uz. 10 m gacha boʻlgan qatlamlarda linza shaklida yotadi. Ruda tarkibida korund (10 — 60%), Margarit, xloritoid, temir oksidlari va gidroksidlari bor. Kamdan-kam holda diaspor, andaluzit, shpinel, biotit, xlorit, muskovit, pirofillit uchraydi. Konda … Читать далее

BOSHKOʻKRAK

BOSHKOʻKRAK — boʻgʻimoyoqlilarning boshi va koʻkragining qoʻshilishidan hosil boʻlgan tana boʻlimi. Boshkoʻkrak qisqichbaqasimonlar, qilichdumlilar, qirilib bitgan evripteridlar va koʻpchilik oʻrgimchaksimonlar uchun xos. Пост Навигацияси

AJDARGUL

AJDARGUL, itogʻiz (Antirhinum) — sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtlar (baʼzan, chalabuta oʻsimliklar) turkumi. 40 ga yaqin turi bor. Asosan, Yevropa va Shim. Amerikada, qisman Osiyoda tarqalgan. Oʻrta Osiyoda Ajdargulning bir turi — yirik ajdargul (A. majus L.) xushmanzara oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Bu toʻrning poyasi 30—60 sm, bargi nashtarsimon, pastdan yuqoriga maydalashib … Читать далее

BOSH KOʻRSATKICHI

BOSH KOʻRSATKICHI — antropologiyada qoʻllaniladigan koʻrsatkich; bosh kengligining uzunligiga nisbati (foiz hisobida yuritiladi). Agar Bosh koʻrsatkichi 75,9 gacha boʻlsa — uzun bosh (dolixotsefal), 76,0 dan 80,9 gacha boʻlsa — oʻrta bosh (mezotsefal), 81,0 dan katta boʻlsa — dumaloq bosh (braxitsefal), deb ataladi. Bosh koʻrsatkichini shved anatomi A. Retsius (1842-y. da) taklif qilgan. Oʻtgan asrning 60—70-y. … Читать далее

AYOQCHI

AYOQCHI (eski oʻzb. ayoq — idish) — 1) oʻtmishda (11 —14-a. lar) biror mansabdor shaxs tomonidan uyushtirilgan tantana, ziyofat yoki qabul chogʻida mehmonlarga turli sharob va may quyuvchi, kosagul, soqiy. Eski oʻzbek tili yodgorliklarida keng qoʻllanilgan.

ADSORBSIYA

ADSORBSIYA — qattiq yoki suyuq moddalar (adsorbentlar) sirtiga suyuq yoki gaz holidagi modda (adsorbat)larning konsentrlanishi (yutilishi). Adsorbsiya adsorbent sirtidagi molekulalararo kuch taʼsirida sodir boʻladi. Adsorbat molekulalari adsorbent sirtiga yaqinlashib, unga tortiladi va adsorbatning bir (mono-), ikki (bi-) va h. k. koʻp (poli-) molekulali adsorbsion qavati hosil boʻladi. Adsorbatning adsorbsion qavatdagi konsentratsiyasi maʼlum darajaga yetganidan keyin … Читать далее