BURGANLISOQ

BURGANLISOQ — Toshkent viloyati Urta Chirchiq tumanidagi soy (eski kanal). Qorasuv (Toshkent kanali) dan suv olib, ilgari Ohangaron daryosiga quyilgan, hozir Tuyaboʻgʻiz suv ombori (Toshkent dengizi)ga kuyiladi. Uz. 7 km. Burganlisoq suvidan sugorishda foydalaniladi, uning oʻzaniga sizot suvlar, ortiqcha (oqova) suvlar ham qoʻshiladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 0,57 m3/sek. Burganlisoqda ekinlarni sugʻorish davri (iyun — … Читать далее

AURIPIGMENT

AURIPIGMENT (lot. aurum — oltin va pigmentum — boʻyoq) — mineral. Mishyak sulfidi — As2Sr Tarkibida 61% As va 39% S bor. Qattiqligi 1,5—2. S. ogʻ. 3,4—3,5. Rangi oltinsimon-sariq, toʻqsariq, baʼzan qoʻngʻir. Yogʻsimon, yaltiroq, yumshoq. Auripigment epitermal konlar uchun xos boʻlib, realgar AsS, antimonit Sb2S3, oltin va b. minerallar bilan hamda qaynoq mineral buloqlar choʻkindilarida … Читать далее

BUNIN Ivan Alekseyevich

BUNIN Ivan Alekseyevich [1870.10 (22) 10, Voronej 1953.8.11, Parij] — rus shoiri. Peterburg FA faxriy akad. (1909). 1920-y. dan emigratsiyada. Poeziyada rus mumtoz sheʼriyati anʼanalarining davomchisi («Xazonrezgi», toʻplam, 1901). Hikoya va povestlarida (koʻpincha oʻtmishni qoʻmsash kayfiyatiga berilgan holda) dvoryanlar xonadonining qashshoqlashuvi («Antonov olmalari», 1900), qishloqning ogʻir qismati («Qishloq», 1910; «Qaqragan vodiy», 1911), turmush maʼnaviy asoslarini … Читать далее

AUGSBURG

AUGSBURG — Bavariya yeridagi shahar. Germaniya jan. da, Alp togʻlari etaklarida joylashgan. Aholisi 245 ming kishi atrofida. Transport yoʻllari tuguni. Qad. toʻqimachilik markazi. Mashinasozlik, metallni qayta ishlash, kimyo, elektrotexnika va radioelektronika sanoati rivojlangan. Maksimilian muzeyi, koʻplab meʼmoriy yodgorliklar (11 — 18-a. lar) bor. Shahar mil. av. 15-a. da rimliklar harbiy lageri oʻrnida vujudga kelgan. 10—11-a. … Читать далее

BULGʻOR TILI

BULGʻOR TILI — qad. bulgʻor xalqining tili. Aholisi turkiy qabilalar uyushmasidan iborat boʻlgan Bulgʻor davlati hoz. Volga va Kama daryolarining boʻylarida 10-a. da vujudga kelgan. Bu davlat inqirozga uchragandan keyin qabila va xalqlarning Bulgʻor ittifoqi tarqalib ketgan. Bu til toʻgʻrisida vizantiyalik, yevropalik, arman va arab sayyohlarining xotiralarida, shuningdek qabr toshlarida saqlangan maʼlumotlar, kishi va joy … Читать далее

ATROBON

ATROBON — otashparastlarning ibodatxonalarida doimo yonib turadigan muqaddas olov — «azarxoʻrro»ga oʻtin tashlab, kulini olib turadigan ruhoniylar. Olovga topinuvchi otashparastlar Atrobon larga hadyalar keltirib, ular orqali muqaddas olovdan madad soʻraganlar.

BULOQI

BULOQI, aravak — bezak buyumi, burunga taqiladigan bejirim zirak. Baʼzan Buloqiga qimmatbaho toshlardan koʻz ham oʻrnatiladi. Fargʻona vodiysida aravak (yoki «arabak»), baʼzi viloyatlarda «latifa» deb ataladi. Oʻrta asrlarda (SharqArabiston, Hindiston) mamlakatlaridan Markaziy Osiyoga keltirilgan va bu asrlarda ayollar ora,sida Buloqi taqish rasm boʻlgan. Buloqi taqish uchun 3*5 yoshdagi qiz boldlarning burni (shu vaqtda qulogʻi teshilgan. … Читать далее

ATOM BOMBASI

ATOM BOMBASI, yadro bombasi — yadro zaryadi oʻrnatilgan aviatsiya bombasi. Yadro ichki energiyasi kuchiga asoslanadi. Atom bombasi portlaganda katta miqdorda yadro energiyasi ajralib chiqadi. Birinchi marta 2-jahon urushi oxirida sobiq Ittifoq va AQSHda tayyorlangan. 1945-y. iyunda amerikaliklar har qaysisining trotil ekvivalenti 20 ming t dan boʻlgan 2 ta Atom bombasini Yaponiyaning Xirosima (1945-y. 6 avg.) … Читать далее

BULAT

BULAT (fors, poʻlod — poʻlat) — tarkibida temir va ugleroddan boshqa elementlar deyarli boʻlmaydigan juda qattiq elastik quyma poʻlat. Oʻziga xos tuzilishiga ega, sirti «naqsh»li jilolanib turadi. Ilgari Hindiston, Oʻrta Osiyo, Eron va Suriyada (Damashq poʻlati nomi b-n) tayyorlangan; undan, asosan, gʻoyat pishiq va oʻtkir tigʻli qilich, xanjar va b. buyumlar yasalgan. Qadimda Bulat tayyorlash … Читать далее