ATOM BOMBASI

ATOM BOMBASI, yadro bombasi — yadro zaryadi oʻrnatilgan aviatsiya bombasi. Yadro ichki energiyasi kuchiga asoslanadi. Atom bombasi portlaganda katta miqdorda yadro energiyasi ajralib chiqadi. Birinchi marta 2-jahon urushi oxirida sobiq Ittifoq va AQSHda tayyorlangan. 1945-y. iyunda amerikaliklar har qaysisining trotil ekvivalenti 20 ming t dan boʻlgan 2 ta Atom bombasini Yaponiyaning Xirosima (1945-y. 6 avg.) va Nagasaki (1945-y. 9 avg.) sh. lariga tashlagan. Natijada bu shaharlar vayron boʻlgan va Xirosimada 140 ming kishi, Nagasakida 75 ming kishi halok boʻlgan. Keyinchalik bombalarning portlash oqibatlari yana bir necha yuz ming kishilarning yostigʻini quritgan, minglab kishilar nogiron boʻlib qolgan. Hozir trotil ekvivalenti mln. t gacha boradigan Atom bombasi mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x