AEROZOLLAR

AEROZOLLAR (aero… va lot. solutio — eritma) — gaz muhitida muallaq turadigan mayda-mayda qattiq yoki suyuq zarralardan tashkil topgan dispers tizimlar. Aerozollar dagi zarralarning kattaligi mm ning oʻn milliondan bir ulushidan tortib, bir necha mm gacha boradi (qor uchqunlari, yomgʻir tomchilari). Aerozollar qattiq yoki suyuq jismlarning maydalanishi, parchalanishi (mas, portlash vaqtida) yoki kondensatlanishi (mas, havodagi … Читать далее

BUXGOLS EKSPEDITSIYASI

BUXGOLS EKSPEDITSIYASI — Turkistonga josuslik maqsadida yuborilgan harbiy ekspeditsiya. Petr I ning 1714-y. 22 may farmoni bilan tuzilgan. 1715-y. Tobolskdan chiqib, Irtish daryosining yuqori oqimi boʻylab yoʻl olgan 60 kema va 3 ming kishidan iborat ekspeditsiyaga rus ofitseri I. D. Buxgols rahbarlik qilgan. Uning maqsadi Irtish daryosi boʻyiga qalʼa qurish, Amudaryodagi oltin sochmalarni tekshirish va … Читать далее

VAL

VAL (nem. Walre) — boʻylama oʻqi boʻyicha burovchi moment uzatuvchi va aylanuvchi detallarni tutib turuvchi mashina detali. Barcha mexanizm va mashinalarning asosiy detali hisoblanadi. Baʼzi Vallar (mas., kardan, elastik, torsion) aylanuvchi detallarni tutib turmaydi. Oddiy toʻgri Vallar aylanuvchi jism shakliga ega buladi. Vazifasiga koʻra, Vallar tishli gʻildirak, shkiv, yulduzchalar oʻrnatilgan uzatish Val lariga; konstruksiyasiga koʻra … Читать далее

AERENXIMA

AERENXIMA (aero… va yun. enchima — quyilgan, bu yerda toʻqima) — oʻsimliklarning nafas olish funksiyasini bajaradigan havo saqlovchi toʻqimasi. Aerenxima ancha keng hujayralar oraligʻi va har xil shakldagi hujayralardan tashkil topgan parenxima hisoblanadi. Baʼzan Aerenxima tarkibiga mexaniq ayiruvchi va b. xil hujayralar ham kiradi. Aerenxima gaz almashinuvi va ichki toʻqimalarning kislorod b-n taʼminlanishi qiyinlashadigan muhitda … Читать далее

ASHSHUR

ASHSHUR (As-sur) — Mesopotamiyadagi qad. shahar (mil. av. 4-ming yillik — mil. av. 614), mil. av. 2-ming yillik oʻrtalaridan Ossuriyaning poytaxti (hoz. Iroqdagi Qalʼat – Sharqot xarobalari). Mudofaa inshootlari, ibodatxonalar, turar joy va savdo rastalari, mixxat yozuvi bilan bitilgan matnlar kutubxonasi topilgan.

BUFER KREDITLAR

«BUFER KREDITLAR», qalqon kreditlar — Xalqaro valyuta fondы ajratadigan kredit turi. Jahon bozorlarida xom ashyo va materiallar narxini barqarorlashtirib turish maqsadida barpo etiladigan xom ashyo tovarlarining ehtiyot zaxiralarini saklab turishni moliyalashga ajratiladi. Narxlar keskin pasayib ketganda «Bufer kreditlar»lar vositalaridan foydalanib xom ashyo xaridi koʻpaytiriladi va shu yoʻl bilan ularning zarur gʻamlama darajasi toʻldiriladi. Пост Навигацияси

VAKUUM MOYI

VAKUUM MOYI — xona t-rasida bugʻining bosimi past boʻladigan suyuqlik; tabiiy va sintetik suyukliklarni vakuumda distillab olinadigan vakuum materiallari jumlasiga kiradi. Asosan bugʻ-moy nasoslarida ish suyuqligi sifatida, mexanik nasoslarda zichlovchi suyuqlik sifatida, vakuum qurilmalarning ishqalanuvchi qismlarida moylovchi material sifatida, shuningdek suyuqlikli vakuummetrlarni toʻldirishda ishlatiladi. Vakuum texnikasida mineral va kremniy organik Vakuum moyi keng qoʻllaniladi. Пост … Читать далее

ASHTARXON XONLIGI

ASHTARXON XONLIGI (Astraxon xonligi) — Oltin Oʻrdaning inqirozi natijasida vujudga kelgan davlat. Poytaxti — Ashtarxon sh. (hoz. Astraxon). 14-a. da Oltin Oʻrda amiri Hoji Cherkas Ashtarxon sh. ni bosib olib, uni alohida mulkka aylantirgan, taxm. 1459—60 y. larda esa bu mulk uzil-kesil mustaqil boʻlib olgan. Ashtarxon xonligining birinchi hukmdori — Katta Oʻrda xoni Ahmadning birodari … Читать далее

ASHYOVIY DALIL

ASHYOVIY DALIL — jinoyat yoki fuqarolik ishini toʻgʻri yuritish uchun ahamiyatli boʻlgan narsalar. Amaliyotda «tilsiz guvohlar» deb yuritiladi. Kelib chiqishini, kimga tegishliligini, maʼlum maqsadlarda foydalanilganligini yoki turgan joyi oʻzgarganligini, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar taʼsir etganligini aniqlash mumkin boʻlgan moddiy belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa alomatlar va … Читать далее

BUTILKA BURUNLAR

BUTILKA BURUNLAR (Hypereodon) — kitlar urugʻi. Uz. 9,4 m gacha. Tanasi toʻq kulrang, qorin tomoni oqish tusli. Peshonasida yogʻ moddasidan hosil boʻlgan qiya boʻrtigʻi bor. Tishlari konussimon, 2 juft, pastki jagʻlarida joylashgan. 2 turi maʼlum. Doʻng peshona Butilka burunlar (N. ampullatus) Atlantika okeanining shim. qismida uchraydi, Oq, Barens va Boltiq dengizlariga ham kiradi. Hozir deyarli … Читать далее