VELUM

VELUM (lot. velum — yelkan) — ayrim umurtqasiz hayvonlarning harakatlanish organi. Gidromeduzalar va sifonoforalarning meduozoid zooidlarida bu organ ektodermaning soyabon chetida joylashgan muskulli burmasi hisoblanadi. Bunday burmalar tananing ichki tomoniga yoʻnalgan. Meduza tanasi va Velum qisqarganida suv soyabondan surib chiqarilishi tufayli meduza aboral tomoni bilan oldinga harakat qiladi. Kubomeduzalarning analogik organi velyarium, qorinoyoqlilar va ikki … Читать далее

ABEL

ABEL (Abel) Nils Genrik (1802.5.8 — 1829.6.4) — norveg matematigi. Abel 5 darajali umumiy tenglamalarning radikallardagi yechimlarini tekshirib, darajasi 5 va undan yuqori boʻlgan harfiy umumiy tenglamalarning radikallarda yechimi yoʻqligini isbotladi. K. Yakobi b-n bir katorda elliptik funksiyalar nazariyasiga asos soldi. Abel keyinchalik oʻz nomi bilan atalgan integrallarni tekshirdi. Mat. da koʻp tushunchalar Abel nomi … Читать далее

BOʻD

BOʻD (arab. — oraliq, masofa, chaqirim; koʻpligi abʼod) — bir yoki turli vaqtda eshitilayotgan ikki tovush, nagʻma, pardaning oʻzaro balandpastlik munosabatlari. Yevropa musiqasidagi interval tushunchasiga qisman moye. B. Oʻrta va Yaqin Sharq musiqa nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri boʻlib, dastlab Forobiy, keyinchalik Ibn Sino, Ibn Zayla, Zaynulobiddin, Urmaviy, Jomiy va b. olimlarning asarlarida mat. qoidalar asosida … Читать далее

VEKUA Ilya Nesterovich

VEKUA Ilya Nesterovich (1907.23.4, Shesheleti qishlogʻi, Abxaziya — 1977.2.12, Tbilisi) — gruzin matematigi va mexanigi, akad. (1958). Asosiy ilmiy ishlari xususiy hosilali differensial tenglamalar va ularning tatbiqiga oid. Elliptik tipdagi tenglamalarni yechishda kompleks oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasidan foydalanib yaratgan yangi usullari, singulyar integral tenglamalarga doyr tadqikrtlari hamda ularni mat. ning boshqa tarmoqlariga qoʻllashga doyr ishlari bilan … Читать далее

ABDUSAMATOV Hafiz Shoahmedovich

ABDUSAMATOV Hafiz Shoahmedovich (1925.8.2, Jambul sh.) — adabiyotshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975). Filol. fanlari d-ri (1968). ToshDUning filol. f-tini tugatgan (1946). Oʻzbekiston FA til va adabiyot in-tida katta ilmiy xodim, sektor mudiri, direktor muovini, boʻlim mudiri (1952—60, 1966—79), 1960—66 y. larda masʼul lavozimlarda ishlagan. Toshkent davlat madaniyat in-ti rektori (1979—81), Hamza nomidagi sanʼatshunoslik … Читать далее

GAY

GAY (Gaius) (?—?) — 2-a. Sabin maktabiga mansub Rim huquqshunosi. Imperator mutlaq hokimiyati hamda cheklanmagan xususiy mulkchilik tarafdori boʻlgan. Rim xususiy huquqiga oid darslik («Institutsiya») muallifi. Gay darsligidan ayrim garb mamlakatlari qonunchiligida (mas, Fransiya fuqarolik kodeksi, 1804) foydalanilgan (yana q. Rim huquqi). Пост Навигацияси

BOʻSTON SANATORIYSI

«BOʻSTON» SANATORIYSI — balneologik kurort. Toshkent sh. dan 30 km uzoqlikda, Chirchiq sh. da, dengiz sathidan 550 m balandlikda joylashgan. Mayd. 37,5 ga. Shundan 16 ga mevali bogʻ va manzarali daraxtzorlardan iborat. Iqlimi kontinental: qishi yumshoq, yozi issiq, yanv. ning oʻrtacha t-rasi —1,5°, iyulniki 25°, nisbiy namligi 55%, quyoshli kunlar davomliligi yiliga 2700 soat. Davolash … Читать далее

VEZUVIAN

VEZUVIAN (idokraz) (Vezuviy vulkani nomidan) — orolsimon silikatlar sinfiga mansub mineral. Turi koʻp. Beriyliyli Vezuvian, titanli Vezuvian, magniyli Vezuvian, frugardit, vilyuit, siprin va b. maʼlum. Kimyoviy formulasi CaI0Al4(Mg,Fe)2(OH, F)4[Si04]5|Si207Jr Tetragonal singoniyali. Prizmatik, kristallar, radial tolasimon donachalar. Rangi sargʻish-yashil, qoʻngʻir, sariq, qora (vilyuit), havorang (silrin), kulrang. Shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 6,5—7. S ogʻ. 3,4. V. skarnlarda (granat, … Читать далее