BALALAYKA

BALALAYKA — uch torli, hamma torlari baravar chertib chalinadigan rus xalq musiqa asbobi. 18-a. boshida paydo boʻlib, rus xalqi orasida keng yoyilgan. Balalaykadan yakkanavozlik va ansambllarda, qoʻshiq hamda raqslarga joʻrnavozliqda foydalaniladi. 19-a. oxiridarus musiqachisi, mohir balalaykachi V. V. Andreyev hamkorligida soz ustalari F. Paserbskiy va N. Nalimovlar xalq Balalayka sini qayta ishlab, kattakichik turlarini yaratgan … Читать далее

GAROV SIFATIDA TUTQUNLIKKA OLISH

GAROV SIFATIDA TUTQUNLIKKA OLISH — shaxsni tutqunlikka olib, davlat, xalqaro tashkilot, jismoniy yoki yuridik shaxsdan biron-bir harakat sodir etish yoki biron-bir harakat sodir etishdan oʻzini tiyib turishni talab qilib, garov sifatida ushlab turilgan shaxsni ozod qilish shartini qoʻyishdir. Garov sifatida tutqunlikka olish Oʻzbekiston Respublikasi JK boʻyicha jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlardan hisoblanadi. Bunda aybdor shaxsni tutqunlikka … Читать далее

AVGUST

AVGUST (mil. av. 27 y. gacha ismi Oktavian boʻlgan) (mil. av. 63 — mil.. 14) — Rim imperatori (mil. av. 27 — mil. 14), Yuliy Sezarning nabira jiyani, vasiyatiga koʻra oʻgʻil qilib olingan. Avgust huquqi cheklanmagan hokim boʻlib olgach, senat unga avgust (xudolar tomonidan sharaflangan) degan faxriy unvon bergan. Sezarning oʻlimidan soʻng boshlangan fuqarolar urushi … Читать далее

VIKING

«VIKING» — Amerikaning Marsni tad qiq qilishga moʻljallangan orbitalqoʻndiriluvchi kosmik apparati (KA). Massasi 3420 kg, bal. 4,9 m. «Viking» orbital (OB) va qoʻndiriluvchi (QB) blok lardan tashkil topgan. «V.-1» va Titan ZE» uchiruvchi raketa yordamida 1975-y. 20 avg. va 9 sent. da uchirilgan. «V.-1»ning QB Marsga 1976-y. 20-iyulda, «V.-2» esa Mars sirtiga 1976-y. 3 sent. … Читать далее

BAKTERIOLOGIK QUROL

BAKTERIOLOGIK QUROL, biologik qurol — odamlar, hayvonlar va oʻsimliklarda kasalliklar qoʻzgʻatuvchi, sunʼiy koʻpaytirilgan mikroorganizmlar, hasharotlardan iborat ommaviy qirgʻin vositasi. Bakteriologik qurol asosan kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar (bakteriya, virus, zamburugʻ va b.) yuqtirilgan pashsha, chivin, kemiruvchi hayvonlardan yoki suspenziya va kukunlardan iborat. Chet el harbiy mutaxassislari odamlarga shikast yetkazadigan bakterial vositalarga toun, chin chechak, kuydirgi, tulyaremiya, manqa, … Читать далее

GARMONIK ANALIZATOR

GARMONIK ANALIZATOR (matematikada) — davriy funksiyalarni trigonometrik qatorlarga yoyish va integrallar bilan ifodalash koeffisentlarini hisoblaydigan asbob. Har qanday Garmonik analizator tarkibiga kiritish qurilmasi, koʻpaytirish qurilmasi va integrallash qurilmasi kiradi. Garmonik analizatorning asosiy koʻrsatkichlari: beriladigan funksiya turi (grafik, elektr signal, mexanik siljish va b.), garmonikaning eng katta nomeri, bir yoʻla hisoblanadigan koeffitsiyent soni. Mexanik, elektrik, optik … Читать далее

VIZANTIYA

VIZANTIYA (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-a. lar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya. o. ning katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gruziya, Xersones, Kipr va Krit o. lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. boʻlgan. … Читать далее

BAKEN

BAKEN (gollandcha baken) — suv betida qalqib turadigan belgi, mayoq; langarga bogʻlangan boʻladi. Suv yoʻllarida kema harakatiga xavf soladigan joylarni va kemalarning oʻtishi uchun eng qulay yoʻllarni koʻrsatish uchun qoʻyiladi. Baken piramida, konus yoki shar shaklida yogʻoch yoki poʻlatdan ishlanadi. Elektr lampochka, kerosin lampa yoki atsetilen fonuslar bilan yoritiladi. Kema projektorining nuri tushganda yarqirab koʻrinadigan … Читать далее

GARDEN

GARDEN (Xarden) Artur (1865. 12.10, Manchester — 1940. 17.6, Born-End, Bakingemshir) — ingliz biokimyogari. London tibbiyot profilaktikasi in-ti direktori (1907-y. dan) hamda London un-ti prof. (1912-y. dan). Asosiy ishlari biokimyo va enzimologiyaga bagʻishlangan. Koferment nikotinamidadenindinukleotid (NAD)ni kashf qilgan. Qandning fosforli efiri — geksozomonofosfatni topgan (1914). Bijgʻish jarayonini tezlashtiruvchi qator fermentlar — karboksilaza, katalaza, peroksidazalarni tekshirgan. … Читать далее