AJINATEPA

AJINATEPA — budda ibodatxonasi xarobasi saqlangan tepalik (6—8-a. lar). Qoʻrgʻontepa sh. (Tojikiston Respublikasi)dan 12,5 km sharqda. Tojikiston arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan qazib oʻrganilgan (1961—69). Ibodatxona va monastirdan iborat 2 qismli inshoot (100×50) topilgan. Qazishmalar davrida besh yuzdan oshiq sanʼat yodgorliklari — haykallar, naqshlar, devoriy rasmlar va ularning parchalari topilgan. Buddaning oʻlim toʻshagida yotgan 12 m li … Читать далее

VAKUUM NASOSI

VAKUUM NASOSI — vakuum hosil qilish va uni tutib turish maqsadida berk hajm (idish)dan gaz (havo) yoki bugʻni soʻrib oladigan qurilma. Gaz (havo)ni tashqariga chiqarib tashlaydigan oqimli hamda gaz (havo)ni yutadigan sorbsion xillari boʻladi. Oqma V. n. oʻz navbatida mexanik va oqimli xillarga boʻlinadi. Mexanik Vakuum nasosiga plastinka-rotorli, plastinka-statorli, zolotnikli, moyli forvakuumlar va molekulyar Vakuum … Читать далее

BILIM

BILIM — kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan maʼlumotlari; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va hodisalarga (qoidalarga) zid kelmasa bunday ishonch Bilim hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz Bilim darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, … Читать далее

GETEROKARPIYA

GETEROKARPIYA (getero… va yun. karpos — msva) — oʻsimlikning bitta turida shakl va fiziologik xususiyatlari bilan oʻzaro farq qiladigan har xil mevalar boʻlishi. Geterokarpiya asosan yopiqurugʻli oʻsimliklarda boʻladi. Tipik Geterokarpiya tirnoqgullar (kalendulalar) da kuzatiladi, bunda bir xil mevalar hayvonlar orqali, boshqalari shamol bilan tarqalishga moslashadi. Asosan choʻlda oʻsadigan bir yillik hamda efemer oʻsimliklar G. boʻladi. … Читать далее

VAYYAN-KUTYURYE

VAYYAN-KUTYURYE Pol (1892.8.1 – Parij — 1937.10.10) — fransuz yozuvchisi. 1-jahon urushida qatnashgan. «Koʻrlar bazmi» (1927) hikoyalar toʻplami va «Iyul ota» (1927) fojiaviy komediyasida jamiyatdagi hukmdan tabaqa hayotining salbiy tomonlari tanqid qilingan. V.-K. 1931-y. da Oʻzbekiston va Tojikistonda boʻlgan. «Temur yurtida» umumiy nom ostida ocherklar toʻplamini nashr ettirgan (1932). Bunda Oʻzbekistan va Tojikiston xalklari, ularning … Читать далее

GESSIT

GESSIT (Shveysariya kimyogari G. Gess nomidan) — mineral. Kimyoviy formulasi Ag2Te. Monoklin singoniyali. Yaltirokligi shishasimon, metallsimon. Rangi qoʻrgʻoshinsimon kulrangdan poʻlatsimongacha. Qattiqligi 2—3. S ogʻ. 8,2-8,4. G. gidrotermal yertomirlarida hosil boʻladi. Massiv, zich, zarrasimon massalar. Oʻzbekistonda oltin (Qoʻshbuloq, Pirmirob, Burgunda) va mis (Qalmoqqir) konlarida topilgan. RF (Oltoy), Ruminiya (Botes), Avstraliya (Kalgurli), AQSH (Red-Klaud)da bor. Qumush olinadigan … Читать далее

BIYSK

BIYSK — RF Oltoy. oʻlkasidagi shahar (1782-y. dan). Biya daryosi boʻyidagi pristan, t. y. stansiyasi. Biyskdan Oltoy orqali Mongoliya chegarasʻiga olib boradigan Chuya avtomobil trakta boshlanadi. Aholisi 234,5 ming kishi (1992). Mashinasozlik (qozon, oziq-ovqat sanoati uchun asbobuskunalar), yengil sanoat (tikuvchilik, poyabzal, momiqpat fkalari, zigir tola k-ti), oziq-ovqat (goʻsht, yogʻsir k-ti, shakarqand, yogʻekstrakt, vltamin z-dlari va … Читать далее

AYOLLAR (ANʼANAVIY) ANSAMBLLARI

AYOLLAR (ANʼANAVIY) ANSAMBLLARI — xotin-qizlardan tashkil topgan ashula-raqs yoki ashula-cholgʻu ansambllar; qadimdan oʻzbek milliy musiqa ijrochiligi rivoji jarayonida yuzaga kelgan. Odatda 3—4 ayol xonanda, sozanda va raqqosalarni birlashtiradi. Repertuari oʻzbek xalqi musiqa merosining boy anʼanalari va xususan mahalliy musiqiy uslub (sheva)larga tayangan. Bunday ansambllar turli vohalarga xos ijrochilar — yallachi (Fargʻona vodiysi), sozanda (Buxoro), xalfa … Читать далее

VAZIROV

VAZIROV Najafbek (Fataliboy oʻgʻli) [1854. 5(17). 2, Shusha – 1926. 9. 7, Boku] — ozarbayjon dramaturgi, publitsist, jamoat arbobi. Ozarbayjon zamonaviy teatrining asoschilaridan. Ilk bor Bokuda (ozarbayjon tilida) Mirza Fatali Oxundovning «Lenkoron xonining vaziri» va «Hoji Qora» komediyalarini sahnalashtirishda ishtirok etgan (1873). «Eti sizniki, suyagi bizniki» (1873), «Uy tarbiyasining bir shakli» (1875) komediyalarida eski oʻqituv … Читать далее