PACHKAMAR SUV OMBORI — Qashqadaryoning kam suvli chap irmogʻi — Gʻuzor daryosida barpo etilgan yirik gidrotexnika inshooti. Gʻuzor tumani markazidan 15 km yuqorida joylashgan. Kattaoʻra va Kichikoʻra daryolaridan toʻldiriladi. Qurilish ishlari 1964-y. da boshlanib, 1967-y. da foydalanishga topshirilgan, 1968-y. toʻliq qurib bitkazilgan. Omborning suv yuzasi uz. 3,9 km, kengligi 1,8 km. Suv yuzasi mayd. 12,8 km2, eng katta (maksimal) chuq. 51m, oʻrtacha chuq. 30 m. Suv ombori daryoning mavsumiy va qisman koʻp yillik suv rejimini tartibga soladi. Toʻgʻonning ustki uz. 593 m, bal. 68 m. Suv omborining oʻng qirgʻogʻida uz. 198 m va maksimal bal. 12 m boʻlgan koʻtarma damba qurilgan. Omborning oʻng sohilida suv sarfi 30 m3/s boʻlgan suv chiqargich qurilgan. Suv chiqargichning quyi qismiga 2 ta konussimon rostlagich oʻrnatilgan. Toʻgʻonning chap tomo-nida suv sarfi 260 m3/s (favqulodda toshqinlarda suv sarfi 480 m3/s) boʻlgan suv tashlagich — Chap sohil kanali ochiq holda qurilgan.
Suv omborining qurilishi Gʻuzor tumanining suv taʼminotini yaxshilashda va uning iktisodiyotida muhim rol oʻynay-di, ekin maydonlarini 15 ming gektarga oshirish imkonini berdi. Pachkamar suv ombori oda baliqchilik xoʻjaligi tashkil etilgan.