Erkin aka bilan yoshlar nashriyotida birga ishlardik. Bir tanishi toʻyga aytgan ekan, yuring, tekinga tushlik qilib kelasiz, deb meni ham birga olib boradigan boʻldi. Garajdan mashina chaqirsa, buzilgan joyini haydovchi hali tuzatib ulgurmagan ekan, mayli, avtobusda boraqolamiz, dedi.
Avtobusga chiqib, orqaroqdagi oʻrindiqqa oʻtirib-oʻtirmasimizdanoq, oldimizda konduktor ayol paydo boʻldi. Pulimizni olib, chipta yirtib uzatarkan, Erkin akaga tikilib boqib, xuddi Erkin Vohidovga oʻxsharkansiz, dedi.
– Men akasi boʻlaman, – deya ayolga jiddiy qiyofada yuzlandi Erkin aka. – Bir haftadan beri uyga kelmayapti, deb xotini arz qilganidi, mana, oʻsha Erkinboylaringni ertalabdan beri axtarib yuribman.
Anvar OBIDJON
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/ozini-ozi-qidirish/