OZUQA RATSIONI — mollarga maʼlum vaqt (kun, oy, mavsum)da berdiriladigan yem-xashak. O. r. ozuqa normasi asosida tuziladi; bunda xoʻjalikda mavjud yem-xashakning turi, toʻyimliligi, chorva mollarining yoshi, sogʻlomligi, mahsuldorligi, ishtahasi va b. individual xususiyatlari eʼtiborga olinadi. Ozuqa ratsioni protein, aminokislota, kalsiy, fosfor va osh tuziga boy boʻlishi kerak. Ozuqa ratsioni belgilashda oʻrtacha ishtahali chorva mollari koʻzda tutiladi. Ularning normal ovqat hazm qilishni taʼminlash uchun ratsionda yem-xashak nisbati toʻgʻri belgilanishi lozim. Ozuqa ratsioni tarkibidagi turli ozuqalarning foizda ifodalangan mikdori ratsion tuzilmasini koʻrsatadi. Ozuqa ratsioni, odatda, har oyda yangidan tuziladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые