Ozodbek Nazarbekov — Qoshingiz qarosimu

Dilmi, dilimni o’ynatar, yor,
Qoshingiz qarosimu?
Tilmi, tilimni so’ylatar, yor,
Ko’zingiz charosimu?

Bunchalik sho’x bo’lmasalar,
Buncha anor bo’lmasa yuz, (x2)
Bular husn zebimi yo
Jazmaningiz jazosimu? (x2)

Buncha dilimga otadur
Kiprik o’qin kamoningiz, (x2)
Ma’shuqaning oshig’iga
Nozimi bu jafosimu?

Nigohingiz tushsa agar
Lovullagay ko’kda quyosh,
Maning kabi u ham yonib,
Jamolingiz adosimu?

O’lmasingiz sizni deya
G’azal yozishdan tolmag’ay, (x2)
Oshiq ekanmu bilmadim
Yoki nazm fidosimu? (x2)

Dilmi, dilimni o’ynatar, yor,
Qoshingiz qarosimu?
Qoshingiz qarosimu?
Qoshingiz qarosimu?

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x