O’zbekiston bozorlarida eng qimmat va eng arzon o’simlik yog’i haqida

DO`STLARGA ULASHING:

O’zbekiston bozorlarida eng qimmat va eng arzon o’simlik yog’i haqida

O’zi hammasi shu ikkita, uchta narsaga bog’liq, oziq-ovqat mahsulotlari — kundan-kunga dolzarblashib borayotgan narsalardan biri bo’lmoqda. Bu narsani bahosi xalqni, iste’molchining cho’ntagiga ta’sir qiluvchi vositalardan hisoblanadi.

Xo’sh bu narsalarning bahosi qanday tus olmoqda, eng qimmat va eng arzon yog’ yurtimizning qayerlarida sotilmoqda?

“O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xodimlari tomonidan joylarda o‘simlik yog‘i narxlarining oshib ketishi borasida monitoring ishlari o‘tkazildi — deya federatsiya xabar beradi” deydi Daryouz.

Unga ko’ra viloyat markaziy bozorlari va savdo do’kon narxlari quyidagicha keltirib o’tilgan:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida — kungaboqar yog‘i – (1 litr) 18-21 ming, paxta yog‘i – 13-18 ming so‘m;
• Navoiy viloyatida — 17-24 ming, 15-20 ming so‘m;
• Qashqadaryo viloyati — 18-20 ming, 17-20 ming so‘m;
• Surxondaryo viloyati — 19-22 ming, 16-18 ming so‘m;
• Jizzax viloyati — 19-21 ming, 15-19 ming so‘m;
• Samarqand viloyati — 18-26 ming, 14-22 ming so‘m;
• Farg‘ona viloyati — 18,5-25 ming, 14-19 ming so‘m;
• Namangan viloyati — 18-22 ming, 16,5-18 ming so‘m;
• Andijon viloyati — 18-23 ming, 12-20 ming so‘m;
• Buxoro viloyati — 17-22 ming, 18-23 ming so‘m;
• Toshkent shahri — 18-22 ming, 16-20 ming so‘m.

Narxlar taqvimiga ko’ra, o‘simlik yog‘ining bir litri uchun eng qimmat narx Farg‘ona viloyatida, eng arzon narx Buxoro va Navoiy viloyatlari ekanligi aytiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x