O’zbek va millat haqida she’rlar

DO`STLARGA ULASHING:

O’ZBEK PAXTASI

Dunyoda qutlovlar bor
Biri biridan go‘zal,
Dunyoda tabriklar bor
Biri biridan ezgu.
Va lekin bu olamda
Topilmas hech bir mahal
Ona-yurt qutlovidan
Balandroq biror tuyg‘u.

Shu mo‘’jaz hayotimni
El-yurtga bog‘labman to,
Bir ketmonchi o‘g‘liday
Unga eshman, tirikman.
Kahrabo tizimchaning
Donasi kabi go‘yo
Mustahkam shu qatorning
Taqdiriga sherikman.

Tong bilan jahon bo‘ylab
Bir xabar qoqdi qanot,
O’zbek yana o‘z so‘zin
Ustuvor do‘ndiripti.
Betimsol taloto‘pda
Muzaffaru bosabot,
O’zbek yana do‘ppisin
Qiyalab qo‘ndiripti.

Million yillik so‘z erur
Paxta bizning lug‘atda,
Jo‘yaklarda boshlangan
Onalar to‘lg‘oq dardi.
Mabodo o‘simlikka
Zabon bitsa, albatta,
Paxta navi eng avval
O’zbekcha gapirardi.

Odati nurin sochar
Olamga har kun quyosh,
Bag‘rida ne sirlar bor,
Sig‘maydi tasavvurga!
Shu bir chanoq paxta ham
Zohirdan ma’sum, yuvosh
Va lekin zahmatlari
Sig‘mas ongga, shuurga.

Dunyoda insonlar bor,
Mayda bir armon sabab,
Bir-birin yoqavayron,
Tuproqqa qorishadi…
Olamning egnin butlash .
O’zbekka shudir matlab,
Shu armon, deb cho‘ng xalqim
Bir umr olishadi.

Bizning uygan xirmonga
Chambar qilsang chechakdan,
Yulduzlar shabnam misol
Bo‘ladi unga inju.
Bolasi uyda qolgan
Mushtipar kelinchakdan
Xizrsifat cholgacha .
Barchaning mehnati bu!

Xalqim, sensan ellarga
To‘kin dasturxon tuzgan,
Ne’mating o‘zingga ham
Barqaror bo‘lsin, deyman.
Uygan bu xirmoning ham
Quyoshga qo‘lin cho‘zgan
Muhtasham haykalingga
Poydevor bo‘lsin, deyman!
1981

Abdulla Oripov

O’ZBEGIM TOJIK BILAN

Do‘stu qardoshdir azaldan
O’zbegim tojik bilan,
Ikkisi bir bayt g‘azaldan
O’zbegim tojik bilan.

Qay yo‘sin aylay qiyos men
Bul shirin do‘stlik so‘zin,
Totlidir boldan, asaldan,
O’zbegim tojik bilan.

Baxtga yor doim Navoiy toki
Jomiy bor ekan,
Biz ular qo‘ygan tamaldan,
O’zbegim tojik bilan.

Fahm etib boqsang agarda,
Biz qo‘sha sayyoramiz,
Bu Ali so‘zlar Zuhaldan,
O’zbegim tojik bilan.

Bir egatning boshi senu
Bir egatning boshi men
Yer ekib tinmas hamaldan,
O’zbegim tojik bilan.

Bul qadrdon ikki do‘stga
Xohishimdir, to abad
Topsa bir ma’no masaldan,
O’zbegim tojik bilan.
1982

Abdulla Oripov

O’ZBEKMAN

Yangi bir asrning ostonasi bu,
Yetishdim umrimning qutlug‘ yoshiga.
Tilimda shukrona, dilimda g‘ulu,
Tarix sarkotibin keldim qoshiga:

— Mana, men — O’zbekman, qo‘limda tu
Va barcha a’molim bitilgan kitob.
Shuning ichidadir borim va yo‘g‘im,
Shuning ichidadir men uchun oftob.

O’zbekman, inshoolloh, iymonim butun
Tilim qisiq emas bashariyatdan.
Kimgadir tengdirman, kimdandir ustun
Zuvalam qorilgan samimiyatdan.

O’zbekman, gohida iqbolim kulib,
Gohida o‘zimdan chiqqan ofatim.
Dunyoni olsam-da jahongir bo‘lib,
Go‘dak yig‘isiga yo‘qdir toqatim.

O’zbekman, qanchalik jafo chekmayin,
O’zimga haq bo‘ldim, o‘zimga haqman.
Yashadim yovlarga bo‘yin egmayin,
Bu kun o‘z erkiga erishgan xalqman.

Istiqlol, ketma yurt peshonasidan,
Tole, tark etmagin bizni ilohim.
Mana, yangi asr ostonasidan
O’tdim. Bismillohir rahmonir rohiy
2000

Abdulla Oripov

O’ZBEK ONASI

Mushtipar ham o‘zing, buyuk ham o‘zing,
Kuyinchak ham o‘zing, kuyuk ham o‘zing,
Olamga tatirlik suyuk ham o‘zing,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.

Seni To‘maris deb, maqtaganim bor,
Sen Temur beshigin tebratgan bedor,
Sensan Bibixonim, Nodirai zor,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.

Vatanni Ona deb bekor aytilmas,
Ona buyurganda yo‘ldan qaytilmas,
Sen o‘zing Ka’bamsan, Baytul muqaddas,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.

Boshingdan nimalar o‘tmadi axir,
Vatandek taqdiring bo‘ldi goh taxir,
Bobur shoh bo‘lsa-da, qoshingda faqir,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.

Kelajak toychog‘u toyingizdadir,
Jannat ham, albatta poyingizdadir,
Vatan-ku, Siz turgan joyingizdadir,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.

Sizga ta’zim qilib turibman bu payt
Sizga baxshidadir eng shohona bayt,
Aziz Yurtboshingga duolaring ayt,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi
Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi.
1999 yil, 6 mart

Abdulla Oripov

XALQ

Hamma narsa o‘tadi, mansab, shonu shavkat ham,
Shirindan shirin qolur, talxdan esa qolur talx.
Bir kuni tuproq bo‘lur, tengsiz shamsi tal’at ham,
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.

Gohida ko‘zda yoshu gohida xandon bo‘ldik,
Gohida bolg‘a bo‘lsak, gohida sandon bo‘ldik,
Axiyri kulib tole, sohibi davron bo‘ldik,
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.

Nomingni qaro degan — paxtaginam, senmisan,
Lo‘ppi deya yutganim — laxtaginam, senmisan,
Avaxtada bosh urgan taxtaginam, senmisan?!
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.

O’zbekning peshonasin po‘latdan yaratmishdir,
Yumushini malomat, zahmatdan yaratmishdir,
Bir so‘z bilan aytganda — mehnatdan yaratmishdir,
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.

Tinglasang tuganmaslik afsonasi bor bu el,
Sarkardasi, shoiri, taronasi bor bu el,
Ming oqilga arzirlik devonasi bor bu el,
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.

Farishta emasdirmiz, ushbu gapim sir emas,
Har uchragan eshonu, har sallalik pir emas,
Lekin dasturxon haqqi, ko‘nglimiz hech kir emas,
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.

Janggohlarda jon bergan bobolarni unutmang,
Moshoq terib non bergan momolarni unutmang.
E’tiqod, iymon bergan duolarni unutmang,
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.

Amalparast, lo‘ttiboz bo‘lmagan qachon axir,
Sak bir nima yemasa og‘zi bo‘larmish taxir,
Bizning barchamiz shohmiz, bizning barchamiz faqir!
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.

O’tganlarni yod etmoq qolgandir shariatdan,
Inson sharafi yuksak millatu tariqatdan,
O’zbekka bul fazilat yuqmishdir tabiatdan.
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.

Olimmi yo paxtakor, kim bo‘lmasin — odamdir,
Ya’ni Alloh bandasi — har biri bir olamdir,
O’zbegim o‘z volidam, o‘zbegim o‘z otamdir,
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.

Ayon gapki, adolat elning ko‘z, qoshi bo‘lur.
Urgani un oshi-yu, so‘ksa so‘k oshi bo‘lur,
Yurt og‘irin tortolgan asli yurt boshi bo‘lur,
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.

Kattakon yo‘lga chiqding, yo‘ldoshing bo‘lay, xalqim,
Farzandingman, qo‘llaysan, qo‘ldoshing bo‘lay, xalqim,
Hasrating ko‘p dilingda, dildoshing bo‘lay, xalqim,
Faqatgina xalq yashar, faqatgina qolur xalq.
1994

Abdulla Oripov

XALQ NAQLI

Xalq naqlni to‘qimaydi atayin,
Naqllarning umri fuzun bo‘ladi.
Mana, sizga bittasini aytayin:
Yaxshilik qil — tiling uzun bo‘ladi.

O’yga solar biroq boshqa bir jihat,
Yaxshilikni hunar qilgan elimiz.
Boshimizga yog‘ar tinmay malomat,
Ayting, qachon uzun bo‘lar tilimiz.
1992

Abdulla Oripov

Yolg‘izoyoq yo‘lda horg‘in, o‘y surib,
Barcha xo‘rliklarni dildan olib tan,
Haqiqat shahridan qadamin burib,
Tubanlik sorig‘a ketmoqda Vatan.

Gardanda yuk katta… Paymonasi lim,
Ortiga qarashga yurak betlamay,
Tanbeh, haqoratga quloq solib jim,
Har onda zaqqumni yutmoqda Vatan

Ufq-chi, hech ko‘rinmas….Hukm surar tun,
Qoq sahro bozorga aylanmish, xayhot!
Sotuvchi — firibgar, xaridor — mal’un.
Qadrini arzonga sotmoqda Vatan

Gullashni o‘rniga, har bahor so‘lib,
Tomirdan bir qatra suv ham kelmasdan,
Faqat Yaratgandan umidlar qilib,
Haqiqiy egasin kutmoqda Vatan

Izhori dil

Ko’hna tol beshikdan
Boshlangan olam.
Senga iddaolar
Qilmay sevaman
Bir kuni singlim deb
Bir kuni onam-
Vatan
Kimligingni
bilmay sevaman.

To’zg’iydi to’ningdan
Tortgan to’ralar,
Kecha tuzingni yeb,
Sotgan to’ralar.
Endi pushaymonda
Tuynuk mo’ralar
Men sening yoningdan
Jilmay sevaman.

Menga yering suyuk
Osmoning suyuk
Boqsam teng
To’rttala
tomoning suyuk
Tovonimga kirgan
Tikoning suyuk
Kaftdan zirapchang ham
Olmay sevaman.

Cho’ksang,
Tur singlim deb
Soching silayman
So’ksang
Opam deyman
Umring tilayman
Sendan ranjimayman
Gina qilamyman
Hoh ho’mray
Hoh jilmay
Birday sevaman

Vatan- Yuragimning
Olampanohi
Bu dunyo bukri bir
Jiydangning shohi!
Ko’zim yoshi bilan
Sog’orib gohi,
Ko’ksimda o’stirgan
Gulday sevaman.

Bu yorug’ jahonda
Yo’g’u borimsan
Tilimning ostida
Novvot-zarimsan
Sen mening yagona
Payg’ambarimsan
Men Bilol,
Men Habash-
Qulday sevaman!!!

M.Yusuf

Vatan nadur? nurayo’tgan devorlar aytsin,
Vatan uchun jonin tikkan o’glonlar aytsin.
Yiroqlarda yurgan Vatanga zor insonlar aytsin,
Panohimsan, qanotimsan O’zbekistonim.
Sensiz bo’m bo’sh tebranar umr karvonim,
Ufqda qoraydi nomsiz armonim.
Panohsiz giyohdek chayqalar jonim,
Panohimsan,qanotimsan O’zbekistonim.
Bolaligim hur yo’shligim davru-davronim,
Qiblagohga qarab turgan oltin makonim.
Otam-Onam kirib kelgan darcham-ravonim,
Panohimsan, qanotimsan O’zbekistonim.
Alloh nazar qilgan Vatanim o’zing,
Bobolardan qolgan bo’stonim o’zing.
Sen qalbimsan,sen sevgimsan iymonim,
Panohimsan, qanotimsan O’zbekistonim.
Vatan nadur? nurayo’tgan devorlar aytsin,
Vatan uchun jonin tikkan o’glonlar aytsin.
Yiroqlarda yurgan Vatanga zor insonlar aytsin,
Panohimsan, qanotimsan O’zbekistonim.

Sensiz bo’m bo’sh tebranar umr karvonim,
Ufqda qoraydi nomsiz armonim.
Panohsiz giyohdek chayqalar jonim,
Panohimsan,qanotimsan O’zbekistonim.

Uygondim yurak yutib uygondim,
Ko’ngil soginchin tuyib uygondim.
Umid yo’lini kutib uygondim,
Vatanim seni seni sogindim.
Ko’ngilday oqarib tonglar otganda,
Noming takrorlab tun uygotganda,
Vatanim seni seni sogindim.
Shohlarda shivirlar so’ngi yaproqlar
Derazam chaqnatar kuzgi chaqmoqlar
Dilimda bosilmay ajib bir titroq
Vatanim seni snei sogindim
Go’daklardan so’radim Vatan Onam dedilar
Onalardan so’radim Vatan bolam dedilar
Bobolarim pok tuprogin Iymon dedilar
Vatanim seni seni sogindim
O’ZBEKISTON BAYROG‘I
Har qanday lashkarning ham
O’z tug‘i, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.
Qo‘rg‘onlar qatorida
Bir qo‘rg‘onsan ustuvor,
Vallamat, tug‘dor yurtim,
Muhtasham Respublikam.
O’ylayman, ha, olamda
Nisbiy erur ko‘p holat,
Zamona g‘alviridan
Har narsa o‘taverar.
Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yo‘lchi:
Kelaru ketaberar.

Qadim-qadim zamonda
Yunonlik haykaltarosh,
Bir san’at yaratibdi,
Maqsadi — bir burda non.
Haykal esa asrlar
Sinoviga bermish dosh,
Bugun uni ko‘klarga
Ko‘tarar butkul jahon.

Ko‘zni kattaroq ochib
Boqsang bu muammoga,
Alam qilgulik qadar
Kam yashar inson zoti,
Faqatgina xalq sohib
Bardavom bu dunyoga,
Asragay har kas nomin
Faqat xalqning hayoti.

Sanasang hodisot mo‘l
O’zbekning tarixida,
Har biriga bir noma
Yoki doston bitgulik.
Ne zotlar oqmagan bu
Asrlar arig‘ida,
Har biri bitta xalqning
G‘ururiga yetgulik.

Barchaga ayon erur
Men aytgan ushbu gaplar,
To hanuz asablarni
Ezg‘ilar bu shum o‘tmish.
Moziyga o‘qtin-o‘qtin
Sochsak hamki g‘azablar,
Lekin ayting, o‘zbekning
Qo‘lidan kim ham tutmish?

Bir kuni yovqur shoir
Ya’ni Turdi Farg‘oniy,
Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa
Birlash deb qildi xitob.
Bejavob qolaberdi
Uning dardli so‘rog‘i,
O’sha-o‘sha zamin kar,
O’sha-o‘sha gung oftob.

Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.
Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,
Shu bayroq birlashtirdi
Parokanda o‘zbekni.
1984

Abdulla Oripov

Дунёга синчиклаб тикилган кузлар
Мушкул бир холатни пайкашга тушди.
Кай томонга бокманг, бари — йулсизлар,
Толелар айкашу уйкашга тушди.

Етмиш йил сл сшаб куръон, тавротсиз,
А­рлар ночор колди, аёл авротсиз.
Замон дурадгори асбоб-сроксиз
Илма-тешик томни смашга тушди.

Кор кора ёгмокда, ёмгир заъфарон,
Дарёлар урнида окмокда армон.
Хар подшо узича чикариб фармон,
Колганлар бир-бирин булгашга тушди.

Хар ерда хоким хак, арбоблар голиб,
Конун шуларники, шуларда колип.
А­нг катта айбдор бир ёкда колиб,
Жазони бошкалар уташга тушди.

Хайронман сен узбек деган миллатга,
Ерингни тулдирдинг мараз, иллатга.
Ае жавоб айларсан бундай кулфатга,
Кара, пойдеворинг нурашга тушди.

Аа шомда ишинг бор, на тонгда ёдинг,
Арок, уйку бупти бор сътикодинг.
Жахон сахнасидан учмокда отинг,
Аомингдан бошкалар сузлашга тушди.

Кукда йук Улугбек очган юлдузлар,
Кухна Урганчингни емокда тузлар.
Ер ости ганжларинг бегона кузлар,
Излаб, ковлаб, ташиб, гизлашга тушди.

Аечун коралайсан сен уз утмишинг,
Амир хам уз кишинг, хон хам уз кишинг.
Курарманми сенинг униб-усишинг,
Аечун парвоналар оташга тушди.

Бойкаронг котилдир, Темуринг хунхур,
Мангубердинг зобит, хор, манглайи шур,
Ае хароб миллатсан, борми бирон зур,
Устунлар тикланмай кулашга тушди.

Жаннат узбекистон жаннатинг кани,
Шунча мехнат килдинг, мехнатинг кани,
Сигинган, суснган давлатинг кани,
Хар дайди ит сени талашга тушди?

Узинг булсанг сди узингга кози,
Хар огир енгилга булардик рози,
Етти ётлар куйиб носоз тарози,
Оку корангни каж улчашга тушди.

Билганинг курганинг пахта булибдур,
Аклинг, тафаккуринг ахта булибдур,
Юз сарик, жигаринг сухта булибдур,
Ааслинг шажараси бутрашга тушди.

Узин, слин, тилин накд сотган ким у,
Бир танда уч соткин сшагани шу,
Буни шараф билиб нечалар, ёху,
Даврондан мукофот тилашга тушди.

Келди Махтумкули айтган бир замон,
Унутди «Яхшилик» сузини ёмон.
Обру талашмокда курт билан илон,
Филлар пашша билан савашга тушди.

Инсон бир тугилар, кайта тугилмас,
Азал бунёдкори кайта уринмас.
Асли рост нарсалар кайта курилмас,
Ахир сув бошкаю, ут бошка тушди.

Умидсиз шайтон деб такрорлар ост,
Алгиз умид билан сшаш жиност,
Чунки сна ёлгон билан тукиб ривост,
Узини снгилаш, бусшга тушди.

Шунча сабок етар! узингга ишон!
Уз аклинг, хулосанг, кузингга ишон!
Сунгги бор уз углинг, кизингга ишон!
Бугун шулар сени уйлашга тушди!

Омон Матжон (1989 йил)

VATAN

Bu yilgi yoshing muborak
Yuzlashaylik yuzda ham
Bog`laringda ming hil meva
Bahorda ham kuzda ham

Goh vujudim bo`lib ohu
Tog`u toshda yayraydi
Qushlarga jo`r bo`lib bulbul
Tinmay bog`da sayraydi

Baxsh etib iliq taftini
Mayin shamol yeladi
Jannat desa birdan vatan
Ko`z oldimga keladi

Osmonga uchsam qush bo`lib
Madhing jo`shib aytardim
Qalbimda ming sog`inch birla
Quchog`ingga qaytardim

Ostonangga qadam qo`ysam
Qarshilab gul chamanim
Boshimni tik tutgan faxrim
O’zbekiston mening vatanim

Миллатимга бир қарор

Кел сй миллат, бир кун бир маслаҳат билан қарор слсун,
Бу кундин стган ишларга пушаймон бирла ор слсун,
Қилайлик бул куни ҳайрат ҳама бирдан қилиб ҳиммат,
Жаҳолат чсл саҳросида минбаъд сабзавор слсун.
Бу нодонлик биза қилмиш сди тсрт фаслни қишдек,
Жаҳонни зимистони дснуб фасли баҳор слсун.
Асшмай кумуш-олтунни ҳамма боёнлар асло,
Солиб дорилфунунлар ҳам макотиблар ҳазор слсун.
Ўқушсун миллат авлоди бизни доим дуо айлаб,
Қилиб таҳсил улумларни фунуна схши ёр слсун.
Очайлук жамиъатлар, ксб йиғайлик ҳам иностлар,
Ки токи стим ва бечора бекасға мадор слсун.
Аеча чоғлар бслубдурким, қочибмиз биз тараққийдин,
Бу кун бир илтифот бирлан бу йслға бир гузор слсун.
Жаҳолат сассиғи бизни ҳамиша беҳузур стди,
Бу кун илмнинг бсйи бирлан димоғлар мушкибор слсун.
Бизнинг жоҳиллигимизни ксриб ул шод бслганлар,
Ксриб машғулистимизни илмға шармисор слсун.
Кимиким журъат айлаб, бул каломларға амал қилса,
Жаҳонда исми ани паҳлавон номдор слсун.
Бу кун мен ссзладим оз нутқ сиза то Қодир слгунча,
Илоҳи айласун таъсир шу ссз сизга бакор слсун.

(Abdulla Qodiriy)

Ollohni didi qand yedi
Bandani didi pand yedi.

Insonlar bor insonlarning naqshidir
Insonlar bor hayvon ulardan yaxshidir.

A.Navoiy

Qiyosi yo’q aslo, mehri bir daryo,
O’xshasa o’ziga o’xshaydi o’zbek.
Bolalariga-ku bildirmas, ammo,
Dunyoda bolam deb yashaydi o’zbek.

O’nta bo’lsa, o’rni boshqa uning-chun:
O’g’lim otashimdan yaralgan uchqun,
Qizim parilardan chehrasi gulgun,
Yuzlari lolam deb yashaydi o’zbek.

Bir qo’lda belanchak, bir qo’lda Qur’on,
Bir yelkada ketmon, birida iymon,
Barchaga barobar bir oftobsimon,
Yashnasin olam deb yashaydi o’zbek.

Momolari tetik yuzga kirsa ham,
Bobolari qaysi yigitlardan kam?
Nabirasi bo’lsa bitta uyga jam,
To’shak yetmay to’nin to’shaydi o’zbek.

Kindik qoni tomgan tuproq unga — shon,
Kerak bo’lsa, beso’z baxsh etaru jon,
Ko’krakka urmaydi: Vatan deb, Vatan!
Alpomish o’g’longa o’xshaydi o’zbek.

Ehtirom etganga ehromlari bor,
Kekkayganga bo’yin egmaydi zinhor,
Beshik to’la jajji Islomlari bor —
Tosho’tmas qo’rg’onga o’xshaydi o’zbek.

(Muhammad Yusuf)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x