Oz gapirgan oz yanglishadi

Alisher Navoiyning soʻnggi asari – “Mahbub ul-qulub” buyuk mutafakkirning umri davomida toʻplagan tajribasi, koʻrgan-kechirganlari haqidagi xulosasidir. Undagi hikmatlar bugun ham oʻz qiymatini zarracha yoʻqotmagani bilan eʼtiborli.

 

***

Odil podsho quyosh bilan bahor yomgʻiridek qora tuproqdan gullar ochadi va mamlakat xalqi boshiga oltin bilan durlar sochadi.

***

Mudarris – mansab va amaldorlikka qiziqmasligi, oʻzi bilmaydigan ilmdan dars berishga urinmasligi, maqtanchoqlik uchun madrasa ayvonining toʻrini egallamasligi lozim.

***

Tabobat fanidan savodsiz tabib xuddi jallodning shogirdi kabidir.

***

Yaxshi xotin – oilaning davlati va baxti. Husnli boʻlsa – koʻngul yozigʻi, xushmuomala boʻlsa – jon ozigʻidir.

***

Qanoat – bir chashmadirki, olgan bilan uning suvi qurimaydi: u bir xazinadirki, undagi boylik sochilgan bilan kamaymaydi. Har kim qanoatga odatlangan boʻlsa, shohlik-gadolik tashvishini bilmaydi.

***

Sabr achchiq, ammo foyda beruvchi: u – qattiq, ammo ziyon-zahmatni daf etuvchi.

Sabr – shodliklar kalitidir.

***

Eshitmoq kishini boyitadi,

Koʻp gapirmoq – sayozlatadi.

***

Insoniyat bogʻining eng goʻzal daraxti ehsondir.

***

Ogʻziga kelganin demoq – nodonning ishi va oldiga qoʻyganin yemoq – hayvonning ishi.

***

Bilmaganin soʻrab oʻrgangan – olim, orlanib soʻramagan – oʻziga zolim.

***

Oz-oz oʻrganib – dono boʻlur,

Qatra-qatra yigʻilib – daryo boʻlur.

***

Sihat tilasang – koʻp yema,

Izzat tilasang – koʻp dema.

***

Oz gapirgan – oz yanglishadi.

 

Boʻston RAHMONOVA tayyorladi.

 

qashqadaryogz.uz

https://saviya.uz/ijod/nasr/oz-gapirgan-oz-yanglishadi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x