ESSE

ESSE (frans. — urinish, sinash, ocherk) — erkin kompozitsiyali, uncha katta boʻlmagan nasriy asar. E. orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid subyektiv fikr bayon qilinadi. Esselar falsafiy, tarixiybiografik, publitsistik, adabiy-tanqidiy, ilmiyommabop yoki sof belletristik xarakterda boʻladi. Esse uslubi obrazliligi, aforistikligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi. Mustaqil janr sifatida A. Montel ijodida tarkib topdi. Uzbek adabiyotida 20-asrning 70—80-y. laridan Esse yaratila boshlandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x